🕌 Madrasalar haqida umumiy maʼlumotlar:
❓ Bu qanday joy?- Dinga ixtisoslashtirilgan, oʻrta-maxsus bilim yurti. U yerda islom dinining asoslari, Qurʼon, hadis, fiqh, aqida, mumtoz arab tili kabi ustuniy bilimlar oʻrganiladi. Oʻqish 4 yil, maktabni bitirgandan soʻng qabul boʻladi
❓ Kirish uchun diniy bilim boʻlishi kerakmi?- Yoʻq, kirish xuddi boshqa institutlardek, dunyoviy fanlardan imtihon boʻladi. Yaʼni,
istalgan kishi kirishi mumkin va madrasada boshidan boshlab hammasi oʻrgatiladi
❓ Qaysi fanlardan imtihon boʻladi?1. Chet tili (ingliz tili, yoki sizda maktabda oʻtilgan chet tili, yoki arab tili)
2. Oʻzbekiston tarixi3. Maʼnaviyat ❓ Cefr oʻtadimi? Arab tilidan ham B1 sertifikatingiz boʻlsa, 1-blokingiz 100 foiz ball beriladi.
❓ Kirish qiyinmi?Oʻrtacha. Oʻta yuqori bal emas. Masalan men 30, 12, 21 ta toʻgʻri bilan kirgan edim. Lekin raqobatni past deb bilmaslik kerak. Kami 150 bal ola olmasangiz, kirishingiz ancha qiyin
❓ Diplomi bilan qayerda ishlash mumkin?Oʻrta-maxsus boʻlgani uchun oliy diplom ola olmaysiz. Imom boʻlishingiz mumkin. Oliy diplom olish uchun - undan keyin Islom institutida oʻqishingiz kerak. Bitirgandan soʻng, diniy sohada ishlay olasiz
❓ Qizlar ham oʻqishi mumkinmi?Ha, Toshkentda (Xadichai Kubro) va Buxoroda (Joʻybori Kalon) qizlar uchun madrasalar mavjud. 3 yillik
❓ Oʻqish qancha vaqt oladi? Ham oʻqib, ham ishlash mumkinmi?Koʻp vaqt oladi. Baʼzida ertalab 7dan 17gacha qolib ketasiz. Va vazifalar ham bor. (Lekin asosiy darslar 8dan 12:30gacha) Bu yerga hotirjam kelishni tavsiya qilaman. Yoki 2-3 soat, koʻp vaqt olmaydigan ishingiz boʻlsa, ham oʻqib, ham ishlashingiz mumkin
❓ Qanday hujjat topshirish mumkin?Barchasi
@qabulmuslimuz kanalida. Boshqa barcha maʼlumotlarni ham shu yerda izlab yo soʻrab olishingiz mumkin
❓ Kirishni tavsiya qilasizmi?Albatta, men
bu yerni yerdagi jannat deb bilaman. Siz koʻrishingiz mumkin boʻlgan eng goʻzal muhitni, eng goʻzal qalbli insonlarni koʻrasiz. Ularning ixlosidan, odobidan rang olasiz, eng goʻzal fanlarni oʻqib, maʼnan rivojlanasiz. Ustozlar, talabalar, eng ajoyib fanlar siz uchun juda goʻzal muhit yaratib beradi
❓ Islom akademiyasi-chi?Agar dinning oʻzini, mohiyatini oʻrganmoqchi boʻlsangiz, yoʻq. U diniy muassasa emas. Davlatniki. Islom dinini asosan atrofidan oʻrganasiz. Diniy mutaxassis boʻla olmaysiz. Xuddi dasturlash haqida tarixiy maʼlumotlarni oʻrganib, dasturlashni oʻzini oʻrganmaslikka oʻxshaydi. Lekin boshqa Davlat OTMlaridan muhiti yaxshiroq. Hech madrasa kira olmasangiz, kirishingiz mumkin
Madrasa haqida turkumi
@AzizbekZubaydullayev