IshqEy Alloh, sevardik Sendan oʻzgani
Orzu-yu havoga bogʻlab qalbimiz
Sening yoʻq joylardan koʻp izlab baxtni
Bildim,
unutganga gʻurbating cheksiz
Soʻng nogoh keldi-ku hadsiz musibat
Orzudan ayrilib,
qolmadi himmatUstiga qoʻshildi
azob-uqubatTushunmay der edim "zahmating cheksiz"
Yoqmasdi
musibat, "qalbni tigʻlar" deb
Kutmasdim bunda
bir xayr yotar deb
Bilmasdim barisi Senga eltar deb...
Sendan adashsak-da, himmating cheksiz
Soʻngra tushundimki,
Yolgʻiz BaxtimizNafs emas, orzumas yoki zavqimiz
U - Sensan Allohim, rost maʼshuqimiz!Axir
sevolganga rahmating cheksiz...
Yoʼqotgan narsamning bari uchun hamd!
Yetmagan orzumning bari uchun hamd!
Ey Alloh, go'zaldir sen ne qilsang ham!
Taqdiring goʻzaldir, hikmating cheksiz...
Endi
izlagaymiz Sendan mehringni
Tildan hech qoʻymayin
ulugʻ zikringniQalbdan poklagaymiz Sendan oʻzgangni
Ishqing izlaganga neʼmating cheksiz
Endi
sinovda ham, Seni sevarmizMusibatda
yonsa ham zaif tanamiz
Tana-ku azobdan,
qalblar Ishqdan biz
Ishqdan his qilingan lazzating cheksiz...
Xush qabul Sen bergan har taqdir zayli
Gar kunim azobda oʻtsa ham mayli
Sen nima bersang ham roziman, mayli...Rozimiz Mavlomiz, izzating cheksiz
Allohim,
endi hech Ishqdan ayirma!
Tek qoʻyma bir lahza, yoʻldan toyirma
Sevgi-la yashayin, koʻzim buyirma
Seni topolganga qurbating cheksiz...
@AzizbekZubaydullayev