Baraka fayziUstozim Muhammad Farisning Baraka haqida o'rgatganlarini juda koʻp oʻylayman
Sezganmisiz, shunday chuqur maʼnoli gaplar boʻladiki, yarmini tushunasiz, va hayotingizning qolgan qismida har safar "shunda aslida nimani nazarda tutganikin" deb oʻylab yurasiz
U kishining Baraka haqida aytgani ham men uchun shunday boʻlgan
Bugun biroz mazam yoʻq va noxush kayfiyatda edim. Bu yomon hissiyotni ich-ichimga kirib ketayotganini sezib, aslida oʻzimni bunday his qilishim kerak emasligini oʻyladim.
Va aynan Baraka haqidagi oʻsha bilimlar kela boshladi
Baraka haqida fikrlagan kishi:
• Barakani Allohdan kutgani uchun - Allohga yaqin, Uning muhabbatini his qiluvchi boʻladi. Qalbi darhol hotirjam tortib, goʻzal halovat his qiladi
• Miqdorini oʻzgarmas qilib belgilangan rizqidan havotir olmay, unga fayz kiritishni oʻylaydi. Shu bilan niyati ham sof, amali ham goʻzal ruhli va yuqori sifatli boʻladi
• Barakali oʻylagan kishi qalbida boy yashaydi. Chunki u allaqachon boy taʼminotchisini topgan
@AzizbekZubaydullayev