View in Telegram
Madrasa ustozlari haqida Qaysidir ustozni eng zoʻr deyish boshqalariga biroz hurmatsizlik boʻladi. Chunki hammalari zoʻr, oʻziga xos, juda ajib xislatlarga boy Keling, ularning umumiy ajralib turadigan jihatlarini sanay: 1. Odob Deyarli barcha talabalar birdek eʼtirof etadigan taʼsir - madrasadagi ustozlar odobi boʻlgan. Yaʼni ustozlar xulqining goʻzalligi sabab talabalar ham yaxshi tomon oʻzgarishgan, juda katta ibratlar olishgan. 2. Samimiylik Bizda talaba va ustozlar begonadek emas, xuddi bir-biriga yaqin insonlardek muhit shakllangan. Koʻproq darsi bor ustozlar u yoqda tursin, hatto haftada bir kiradigan ustozlar ham talabalarni oʻzlariga yaqin olib, ularning ilmi va odobi uchun qaygʻurishadi. Va dars davomida ham darsdagi ilmlarga tegishli hayotlaridagi qiziqarli va ibratli voqealarni aytib berishadi. Bu - birdamlik muhitini shakllantiradi 3. Ixlos Buni endi tarʼiflarga til ojiz boʻlsa kerak. Maosh juda yuqori boʻlmasa-da, oldlarida kattaroq daromadli boshqa ishlar juda koʻp boʻlsa-da, Allohning dinini xolis yetkazish uchun juda ajoyib ustozlar jamoasi yigʻilgan. Ustoz sizga faqat ilm yetkazish uchun, xolis niyat ila dars berganida haqiqiy eʼtibor, mehr, qaygʻurishni his qilasiz Boshida ilmga uncha kirisha olmay, ustozlarning xolis qaygʼurishini koʻrib, oʻzgarganlar koʻp boʻlgan Madrasa haqida turkumi @Azizbek_Zubaydullayev
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily