View in Telegram
Gradus belgisidan oldin boʻsh joy kerakmi yoki yoʻq? Bu belgi turli adabiyotlar va ommaviy axborot vositalarida xato yozilganiga tez-tez guvoh boʻlish mumkin. Aslida qanday yozish kerak? Gradus belgisi asosan burchak yoki haroratni ifodalash uchun ishlatiladi. Agar shunchaki belgining oʻzi qoʻllangan boʻlsa, raqamdan keyin, hech qanday boʻsh joysiz yoziladi. Agar oʻlcham birligi ham koʻrsatilgan boʻlsa, raqamdan keyin bitta boʻsh joy tashalanadi. Raqam va birlik har xil satrga tushib qolmasligi uchun raqamdan keyin ajralmas probeldan foydalanish kerak: 7° burchak 45° dan 90° gacha burchakda Harorat ertalab +20 °C edi, tushga borib +40° gacha koʻtarildi Iyul oyida maksimal harorat 47–49 °C ga yetdi 10 gradusdan 20 gradusgacha iliq 10–20 °C atrofida iliq. Gradus daraja soʻzi bilan ham ifodalanadi. Lekin maxsus adabiyotlarda gradus soʻzidan foydalanish kerak. 🔄 Mavzuga aloqador: 👉 Oʻlcham birliklari qanday yoziladi? 👉 Qiymat va belgi oʻrtasida boʻsh joy qoldiriladi 👉 Hosila birliklar: yo qisqartma bilan, yo toʻliq 👉 Axborot miqdori oʻlchamlari 👉 Oraliqdagi qiymat qanday ifodalanadi? @oriftolib
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily