Yuqoridagi savolga qisqa qilib javob beradigan bo'lsam —
Milliy gvardiya xodimi va uchastkavoy mutlaqo noqonuniy harakat qilgan.Birinchidan, telefonlarni tekshirish va ularni olib qo'yish vakolati maktab o'qituvchilari va xodimlariga berilgan. Mahallani raisi G'ishmat buva bilan Eshmat uchastkavoy kirvolib tekshiruv o'tkazishi mumkin emas.
Ikkinchidan, telefondan foydalanish qoidalariga ko'ra: savolda aytilganidek, telefon ovozsiz holatda va sumkaning ichida turgan bo'lsa, direktoridan tortib vallomati kelsa ham bu telefonni olib qo'yishi mumkin emas.
Uchinchidan, telefon bu fuqaroning shaxsiy mulki va uni olib qo'yishga faqatgina
VMQ qaroridagi telefondan foydalanish qoidalari buzilgan taqdirda, o'sha fan o'qituvchisi olib qo'yishi mumkin.
Shuningdek, o'quvchilar maktabda telefonni cho'ntagiga solib yurishi, partani ustiga qo'yib qo'yishi, dars vaqtida foydalanishi mumkin emas. Telefon
ovozsiz holatda sumkada, portfelda turishi mumkin, xolos.
Maktabga kirib kelishda o'quvchidan tortib o'qituvchilargacha, qorovul, farroshdan tortib direktorgacha barchasi telefonning chaqiruv abonenti ovozini
без звук qilib qo'yishga majbur. Dars vaqtida
o'qituvchilar ham telefondan foydalanishi ta'qiqlanadi.
Gapning po'stkallasini aytadigan bo'lsam, Milliy gvardiya davomat bilan qo'riqlashga qarab o'zini ishini qilsin, telefonga aralashmasin. Uchastkavoyning o'quvchilar telefonini tekshirishi mumkin emas.
Telefonni musodara qilishga yoki shu bo'yicha jarima qo'llashga
любой holatda uchastkavoyning absolyutno haqqi yo'q.
Tekshiraman, kodini ochib ber deb ichidagi galereyani, qizlarni telefonini titib o'tirmasligiga garantiya yo'q,
djigar.Telefondan noqonuniy foydalangan bo'lsang, senga ogohlantirish berib kundaligingga yozib qo'yiladi yoki o'qituvching olib qo'yib, telefonni direktor yoki zamdirektorga topshiradi. Ular esa ota-onangga qaytarib beradi. Maksimal jazo shu.
😎 Xullas, birodar va birodarkalar shu postni sinfdoshlar guruhiga tarqatish joiz:)
@legal_mind