View in Telegram
Magistraturaga kirishda GPA bilan til bilish sertifikatiga qarab qabul qilish xato bo'lganini barcha sezdi. Oddiy misol, yuridik universitetga turdosh yo'nalishlardan kelib magistrga kirib olganlar bor. Shular bakalavrni boshqa sohada, magistrni esa yurisprudensiyada o'qiyapti. Na normativ-huquqiy hujjatlarning farqini biladi, na hokimiyat bo'linishi prinsipidan xabari bor. Xullas, ularga dars berish o'qituvchilarga ham qiyin bo'lsa kerak. Bu bitta oddiy misol. Shuningdek, baholash tizimi ham barcha universitetlarda har xil. GPA baland degani — sohani zo'r biladi degani emas. Universitetdagi baholar huddi maktabda kundalikdagi baholarga o'xshaydi, xolos. Hamma fan beshga yopilgani bilan miya bum-bum bo'lib yotmaganiga hech kim kafolat bermaydi. Xullas, oliy ta'limda baholash tizimida muammolar yetarlicha bo'lib turib, magistrga kirishni shu baholarga bog'lab qo'yish xato. Magistrga kirishda ham huddi abituriyentlikdagidek barcha uchun umumiy, teng va sohaga oid fanlardan imtixon bo'lishi lozim! @legal_mind
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily