Oila baxti — bu komplekslardan iborat tushuncha. Oilaning barcha a'zolari baxtli yoki baxtsiz bo'lishi bir-biriga chambarchas bog'liq. Baxtsiz oilalarda faqat otaning yoki onaning yoki farzandning o'zi aybdor bo'lmaydi.
Shu kungacha turmush o'rtog'ini yomonlab baxtli bo'lganlarni ko'rmadim. Baxtli oilalar muvaffaqqiyatining asosiy retsepti — er xotinining, xotin erining kamchiliklarini to'ldiradi va farzandlar bunda yordamchi bo'ladi.
Oilaning bunyodkori, asosiy me'mori ota bo'lishini hisobga olsak, otaning farzandlar oldidagi asosiy burchi munosib ayol tanlash bo'ladi. Undan ham avval o'sha ayolga mos bo'lish talab etiladi.
Agar yillar o'tib qaysidir oilada nizolar, xiyonatlar va hokazo narsalar yuz bersa, ota xato tanlov qilgan bo'ladi. Turmush orqali baraka keladi deyilgan. Shu baraka ayolga bog'liq.
@legal_mind