Har qanday yurisprudensiya talabasi butun dunyoda davlat va huquq nazariyasini o'qiydi. Xullas, birinchi kursda shu fan bo'yicha professorimiz bilan debat qilgandim.
Qachondir davlatlarga qarshi platforma egalari raqobat taklif qilishi, davlat institut sifatida inqirozga uchrab o'rniga yangi globalistlar alternativ bo'lib kelishi mumkinligi haqida fikr aytgandim.
Yuqoridagi rasmga qarab, o'sha kungi dars va undagi suhbat esimga tushib ketdi. Va nihoyat, Oq Uyga Musk, Bezoss, Sukerberglar bevosita ta'sir o'tkazishni boshlaydi endi.
Baribir, dunyoda siyosatga egalik qilishdan totli va qudratli narsa yo'q. Hatto millarderlar ham siyosatchilarga qarab intiladi. Pul hal qilmagan narsalarni siyosat hal qiladi.
@legal_mind