Ijod hayratlari

Channel
Logo of the Telegram channel Ijod hayratlari
@ijod_hayratlariPromote
63
subscribers
Ijod hayratlari - "Gulxan" jurnali ( @gulxanjurnali )tomonidan tashkil etilgan badiiy-ijodiy klub. "Ijod hayratlari - ijoding bilan hayratga sol!"
Forwarded from "Gulxan" jurnali
Til bayrami munosabati bilan kichik tanlov!😍

Aziz obunachilar! O‘zbek tili bayrami munosabati bilan barchangizni “Gulxan” jurnalining ijtimoiy tarmoqlari uchun ibratli, qiziqarli va sifatli videolar jo‘natishga chorlaymiz!

Videolar:
15-30 soniyagacha bo‘lishi kerak.
🎥 Sifatli va mazmunli bo‘lishi muhim!
Videolaringizni 13:30 gacha koʻrsatilgan manzilga joʻnating!

Eng yaxshi videolar Instagram sahifamizga joylanadi! Qani, tilimizni birgalikda ulug‘laylik!

Videolaringizni shu yerga yuboring:
👉 Muhammadali 👈

*Tahrir: Boshqa tanlovlarga yuborgan yoki boshqa ijodiy kanallar uchun tayyorlagan videolaringizni joʻnatmang!

❤️‍🔥Tezroq video yuboring, siz ham “Gulxan” yulduziga aylaning!❤️‍🔥
@gulxanjurnali
21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami❤️‍🔥

TOLЕYIM – TILIM

Onam quchgan bеshik – koshonang,
Alla bilan ruhim quchgansan.
Goʻyo nurli, sеhrli ohang
Boʻlib boshim uzra uchgansan,
Uygʻotgansan ruhim ham dilim,
Toʻtiyoyim, tolеyim, tilim.

Qiqir-qiqir kulgularimda,
Oydan oydin tuygʻularimda,
Dil bayozim, cholgʻularimda,
Oʻzing kuysan, bеqiyos, soʻlim,
Toʻtiyoyim, tolеyim, tilim.

Boshimda toj, ilmim koʻshkisan,
Mudom lov-lov otash ishqisan,
Sеn hayotim, umrim naqshisan,
Sеning ila nurafshon yoʻlim,
Toʻtiyoyim, tolеyim, tilim!

Shoirlarni rom etgan sеnmi,
Bayozlarni jam etgan sеnmi,
Oshiq koʻzin nam etgan sеnmi,
Sеn bor, qalam tutgay bu qoʻlim,
Toʻtiyoyim, tolеyim, tilim.

Qoʻllarimda titraydi nuqul,
Yorim hadya etgan alvon gul,
Izhorida borsan, baxtim shul,
Mеn yorga, sеn mеnga – sеvgilim,
Toʻtiyoyim, tolеyim, tilim.

Gulday goʻzal, gulday soʻlimsan,
Farzandimga mеros roʻzimsan,
Kеtar chogʻi aytar soʻzimsan,
Hayotimsan, yеtguncha oʻlim,
Toʻtiyoyim, tolеyim, tilim!..


© Shahnoza RAYIMOVA,
Farg'ona shahri.
@ijod_hayratlari
😍Xushxabar 😍

“Ijod hayratlari” loyihasining navbatdagi mushoirasi ertaga 20-oktabr 20:00 da @gulxanjurnali kanalida boʻlib oʻtadi.

🫶“Ijod hayratlari” loyihasi – yosh ijodkorlar uchun ochiq, keng maydon.
❤️‍🔥Eng sara sheʼrlaringizni olib keling. Ijodingiz bilan hayratga soling!
@gulxanjurnali
@ijod_hayratlari
Forwarded from "Gulxan" jurnali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yana qachon sheʼrlashamiz?!
Anonymous Poll
69%
Yakshanba
23%
Dushanba
8%
Izohda yozaman✍️
***

Har kuni nenidir anglab yetasan,
Har kun yangi darsin o‘tadi hayot.
Goho yutqazasan, goho yutasan,
Bu dunyo aslida shundan iborat.

Nenidir qo‘msaysan tunlar to‘lg‘onib...
Orzular ko‘zingga uyqu bermaydi.
Yurak hapqiradi hayajon bilan,
Ammo nelardandir ko‘ngil to‘lmaydi.

Intilganing chiqar shunchaki sarob
Sahroda ko‘ringan chaman misoli.
Qadam tashlashgada qolmaydi kuching
Hammasini bir-bir yo‘qotgan chog‘i...

So‘ngra yuragingda miltirar umid
Xotiring jam, ruhing topajak taskin
Shunda yaratganga tavakkul qilib
Yana ishonch birla yo‘lga otlangin...


Goho yutqazasan goho yutasan
Bu dunyo aslida shundan iborat!!!

© Maftuna Sayfullayeva,
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti qoshidagi akademik litsey oʻquvchisi
@ijod_hayratlari
#ustoz_ijodi

VATAN

Bir soʻz bor, quyoshday munavvar.
Bir soʻz bor, gullardan muattar.
Bir soʻz bor, jon qadar moʻtabar –
VATAN!

Bitta soʻz, onaday ulugʻ soʻz.
Har harfi muqaddas, qutlugʻ soʻz.
Qalblarda yoniq soʻz, yorugʻ soʻz –
VATAN!

Bir soʻz-ki, oltindan qimmatli.
Tengi yoʻq mehrda, himmatli.
Boshqa soʻz topilmas hikmatli –
VATAN!

© Mirzohid SHAVKAT(MUSAQULOV)
@ijod_hayratlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream finished (40 minutes)
Live stream started
Yomgʻirli mushoira istaysizmi?!👀
VATAN

Men dunyoga boqsam jilmayib,
Goʻzal husning boʻlar namoyon.
Taʼrifingni maqtab, olqishlab,
Seni jondan sevganim ayon.

Durdek tomgan kiprikdagi yosh,
Chehramdagi tabassum – Vatan.
Koʻzlarimda porlagan quyosh,
Senga qilgum ming taʼzim, Vatan.

Otash qalbni yondirgan olov,
Bilgin, sira oʻchmaydi, mangu.
Vatan, qancha izlamay, hatto,
Men nomini topmagan tuyg'u.

Erta tongda derazam chertib,
Mehr bilan qaraysan, Vatan.
Aslida men bagʻringda emas,
Sen qalbimda yashaysan, Vatan!

© Muhammadyusuf Hasanov
Fargʻona viloyati Oltiariq tumani 1- umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchisi
@ijod_hayratlari
Keyingi mushoirani 14-oktabr kuni tashkil etmoqchimiz.
Ishtirok etasizmi?!
Anonymous Poll
77%
Ha, kutyapman😍
9%
Boshqa safar😢
14%
Yangi sheʼr yozmadim hali😔
VATAN

Vatan kalomingni eshitganim on,
Yuragimda ajib hislar uygʻonar.
Qoʻllarim yozmoqqa shaylangan hamon.
Soʻzim ojiz qolar, qalam toʻlgʻonar.

Senga muhabbatim saqlayman qalbda,
Yashayman hayotda yurakdan joʻshib.
Yaxshi-yomon kunda boʻlay xizmatda
Rivojingga koʻproq hissamni qoʻshib.

Tomirimda oqar ajdodlar qoni,
Yurakda hislarim tugʻyon uradir.
Meni olgʻa boshlar buyuklar shoni,
Ona yurt ishonchi dalda boʻladir.

Vatan har qariching muqaddas menga,
Tillodan azizroq bir kaft tuprogʻing.
Davomiy toʻy, bayram yarashar senga
Xizmatingga shaydir Jasur oʻgʻloning.

©️Jasur Salimov
OʻzMU Biologiya fakulteti, 1-kurs talabasi
@ijod_hayratlari
Quyoshga aylanib qolsam

Qaniydi, quyoshga aylanib qolsam,
Yurtimni nurlarga burkab turardim.
Saharda turibon sochib mehrimni,
Hatto, to’zonlarni chetga surardim.

Qaniydi, quyoshga aylanib qolsam ,
Zulmatlarni hamki yorugʻ etardim.
Bag’ritosh insonning ko’ngliga kirib,
Nafrat tuyg’ularin olib ketardim.

Qaniydi, quyoshga aylanib qolsam,
Dardmand insonlarga shifo bo’lardim.
Issiq iforlarim taratib bir zum,
Qalbidan dard olib, baxtlar solardim.

© Dildora Oʻktamova
Qashqadaryo viloyati, Koson tumani 33-maktab oʻquvchisi
@ijod_hayratlari
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily