***
Har kuni nenidir anglab yetasan,
Har kun yangi darsin o‘tadi hayot.
Goho yutqazasan, goho yutasan,
Bu dunyo aslida shundan iborat.
Nenidir qo‘msaysan tunlar to‘lg‘onib...
Orzular ko‘zingga uyqu bermaydi.
Yurak hapqiradi hayajon bilan,
Ammo nelardandir ko‘ngil to‘lmaydi.
Intilganing chiqar shunchaki sarob
Sahroda ko‘ringan chaman misoli.
Qadam tashlashgada qolmaydi kuching
Hammasini bir-bir yo‘qotgan chog‘i...
So‘ngra yuragingda miltirar umid
Xotiring jam, ruhing topajak taskin
Shunda yaratganga tavakkul qilib
Yana ishonch birla yo‘lga otlangin...
Goho yutqazasan goho yutasan
Bu dunyo aslida shundan iborat!!!
© Maftuna Sayfullayeva,
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti qoshidagi akademik litsey oʻquvchisi
@ijod_hayratlari