View in Telegram
Quyoshga aylanib qolsam Qaniydi, quyoshga aylanib qolsam, Yurtimni nurlarga burkab turardim. Saharda turibon sochib mehrimni, Hatto, to’zonlarni chetga surardim. Qaniydi, quyoshga aylanib qolsam , Zulmatlarni hamki yorugʻ etardim. Bag’ritosh insonning ko’ngliga kirib, Nafrat tuyg’ularin olib ketardim. Qaniydi, quyoshga aylanib qolsam, Dardmand insonlarga shifo bo’lardim. Issiq iforlarim taratib bir zum, Qalbidan dard olib, baxtlar solardim. © Dildora Oʻktamova Qashqadaryo viloyati, Koson tumani 33-maktab oʻquvchisi @ijod_hayratlari
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily