VATAN
Vatan kalomingni eshitganim on,
Yuragimda ajib hislar uygʻonar.
Qoʻllarim yozmoqqa shaylangan hamon.
Soʻzim ojiz qolar, qalam toʻlgʻonar.
Senga muhabbatim saqlayman qalbda,
Yashayman hayotda yurakdan joʻshib.
Yaxshi-yomon kunda boʻlay xizmatda
Rivojingga koʻproq hissamni qoʻshib.
Tomirimda oqar ajdodlar qoni,
Yurakda hislarim tugʻyon uradir.
Meni olgʻa boshlar buyuklar shoni,
Ona yurt ishonchi dalda boʻladir.
Vatan har qariching muqaddas menga,
Tillodan azizroq bir kaft tuprogʻing.
Davomiy toʻy, bayram yarashar senga
Xizmatingga shaydir Jasur oʻgʻloning.
©️Jasur Salimov
OʻzMU Biologiya fakulteti, 1-kurs talabasi
@ijod_hayratlari