Ba'zida oddiy odam bo'lgim keladi
Ya'ni oddiy deganda juda ko'pchilik kabi o'qishni yaxshi o'qish, biror joyga ishga kirib, nafaqa paytigacha zo'r ishlab berib, keyin choyxona, mehmondorchilik, to'yma-to'y yurgim keladi
Ba'zida hamma qilayotgan ishni o'zim yoqtirmasam ham "mana shu to'g'ri yo'l bo'lsa kerak" deb men ham o'zimni shu ishga urgim keladi
O'zimga bor kuchim bilan "bundan boshqa yo'l yo'q" miyyamga quyaman, har xolda harakat qilaman
O'zimga yana "Hey, atrofga qara, axmoq bo'lma, ko'ryapsanmi san xohlayotgan narsa uchun odamlar nima ish bo'lsa qilyapti" deyman.
Ozgina o'zim yoqtirgan nimadirga harakat qilsam atrofdan meni qo'lidan kelguncha o'sha "hamster wheel"ga tortishga intilishadi. Men ham hamma narsani to'xtatib, ertasidan ish qidirgim, uyga pul jo'natgim, to'yni tezlashtirgim, mashina olgim, uy olgim, yugur-yugurga ko'milgim, kasal bo'lgim... shularni qilgim kelib ketadi
To'g'risini aytaman, shunday odamlarga havas qilaman. Ular ko'pchilikni yo'lida, "men ishlayapman, uylanishga pul yig'yapman" desangiz hech kim oldingizga kelib "Tuzikroq narsani orqasidan quvsang bo'lmaydimi?" demaydi. Oqib bo'ylab ham osonroq, ham tezroq suzish mumkin. O'tilgan masofa ham ko'zga yaqqol ko'rinadi
Lekin, men hali ham o'zimni-o'zim mana shu yo'lda majburlab, nimanidir kutib yuribman. "Men sendek ishlamay ham sen xohlagan narsaga erisha olaman" deb yurishni o'ziyam boshqacha kayf beradi, sizga aytsam
Ammo... Ammo qo'rqaman! Bir kuni kelib, ular haq bo'lib chiqishidan. O'ylangan narsalar o'ylanganidek bo'lmasligidan qo'rqaman. Ancha yo'l yurib qo'yib, ortga qaraganda xuddi boshqalardan ajralib turishga harakat qilgan, lekin hech nimani qoyillatolmagan masqaravozga o'xshab qolishdan qo'rqaman
Agar ortga qaytish imkoni bo'lganida men shuncha bilgan va hozir qo'rqishimga sabab bo'layotgan narsalarni bilmaslikni xohlardim. Oddiy bo'lishni, uydagilarni xursand qilishni, katta bo'lganda kelgan joyini noto'g'riligini bilib qolishni va ohirida tavba qilib, rahmatga erishib qolishni xohlardim.
Biroq, Alhamdulillah, Alloh iymon bilan siylagan. Har ne Allohdanligiga iymon keltirganmiz va ishonamiz. Allohni natijalarga qarab emas, niyyat va harakatga qarab hisob-kitob qilishini ham bilamiz va mana shu narsa ko'nglimizga xotirjamlik beradi. Alloh haq yo'lidan adashtirmasin. Amin.
@hikoyachii