View in Telegram
Marshmellow testi haqida ko'pchilik bilsa kerak Unda asosan yosh bolalar oldiga marshellow shirinligini qo'yib "Buni hozir yeyishing mumkin, agar men kelishimgacha yemasdan kutib tursang, men senga yana bitta marshmellow beraman" deydi Bu test bolaning kelajakdagi akademik muvafaqqiyatini tahmin qilish uchun ishlatiladi Test jarayonida ba'zi bolalar shirinlikni o'rnida, kimdirlar sal turib, yana kimdirlar ohirrog'ida yeb qo'yishadi Orasida albatta uni yemasdan (juda yegisi kelsa ham), kutib turganlari bo'ladi va ularga yana bitta marshmellow beriladi Sabablari o'rganib chiqiladi. Bizga ko'ringan ochiq sabablardan tashqari men yana bir ajoyib nuqtai nazarga ko'zim tushdi Marshmellowni yemaganlarni bor e'tibori shirinlikni yeyishda bo'lmagan Kimdirlar boshqa joylarga alanglab o'tirgan, kimdir oyog'ini o'ynab o'tirgan, kimdirlar gaplashib va ho.k.z Bu qarashni "the psychology of money" kitobi muallifi Morgan Houseldan eshitdim Shunga o'xshash iqtibosni Gary Veedan ham eshitgandim "Kambag'al bo'lishni eng oson usuli pulni ortidan quvish" degandi Mantiqqa ham to'g'ri keladi. Bor e'tibori va qo'rquvi bilan o'ziga juft qidirayotgan odam (most likely) shirinlikni yeb qo'yish ehtimoli yuqori bo'ladi O'zimdan qiyos, YouTubega video olish haqida ko'rmagan videoyim, darsim, uslubim qolmagan deyarli. Shunga qaramasdan mana, haliyam bir ishni qoyillatganim yo'q Mening misolimda boshqa odam bo'lsa. Hayolida meni hayolimdagi narsalar yo'q. U shunchaki video olmoqchi va boshladi. U 2 ta shirinlik olishi ehtimoli ko'p ko'p bo'ladi Investmentda ham shunday. Ishga kirishda ham, narsa sotib olishda ham. Sizda qanday qarash bor? @hikoyachii
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily