View in Telegram
Kimdir siz noto'g'ri deb bilgan ishni qilayotgan yoki siz to'g'ri deb bilgan ishni qilmayotgan bo'lsa u bu narsalarni sizdek bilmaydi degani emas Odam boshqa odamni holatini tushunishi juda qiyin ish. "Men bo'lganimda boshqacha qilardim", "Nima bular bilmaydimi buni qilmaslik kerakligini?"... Bir kitobda yaxshi misol bergandi yozuvchi, o'zini hayotidan. U aytadi: Bir kuni metroda uyga qaytayotgan edim. Yonimda bir odam va uning ikki kichik yoshli farzandi. Bolalar shunaqa to'palang qilishayotgandiki, vagonda asabi buzilmagan odam qolmadi. Bolalar atrofdagi odamlarni oldiga borib har xil qiliqlar qilib, ularni jahlini chiqarishardi. Men esa oldimda o'tirgan, bolalarni otasiga yuzlandim. - Nima qilganingiz bu?! Odam degani ham shunaqa bee'tibor bo'ladimi? Farzandlaringizga egalik qilsangiz bo'lmaydimi? Qarang hammani jahlini chiqarib, odamlarni tinchini buzyapti Ota g'amgin holatda, sekin menga qarab: - Bugun ertalab ayolim vafot etdi. Buni farzandlarimga qanday aytishni bilmayapman... Yana bir filmdan iqtibos keltirmoqchiman: - Bilaman sen aqllisan. Lekin, yagona aqlli odammassan O'zimdan misol. Yoshligimda bir mashxur honanda juda yoqimli Qur'on tilovat qilganini videosini ko'rib qolganman. Shunda onamdan so'ragandim "Wow, zo'r o'qirkan-a ona? O'qishni bilsa nimaga bunaqa noto'g'ri ishni qilib yuradi?" deganimda onam: - O'g'lim, bular bizdan ko'p narsani biladi, bizdan yaxshi amal qilsa ham kerak. Lekin, nimaga bunday davom etishini bilmayman, degandilar Endi o'ylab ko'ring, uni oldiga borib, "bu ishing xato" deyish qanchalik oqillik bo'ladi? Ahmoqlikni yuqori darajalaridan biri bu "Men bilaman, u bilmaydi" deyish va o'ylash Kengroq fikrlash bo'lsa vaziyatni tushunishga undaydi Ba'zida rostdan ham bilmay qilayotgan bo'lishi mumkin kishi bir ishni. Bu degani har qanday yomonlikni ko'rsa "Ha, buni bir sababi bo'lsa kerak" deb o'tib ketish kerak degani emas Men aytgan narsa ajrata olish. Asabiylashgan paytda, sizga kimdir yoki uni qilgan ishi yoqmasa, o'zingizni aqlli sezayotgan va bundan yaxshiroq yo'lni bilaman deb o'ylayotgan bo'lsangiz ularni holatini tushunishga harakat qilib ko'ring @hikoyachii
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily