View in Telegram
Hayotingizni o'zgartira oladigan, yil bo'yi shakllantirishingiz mumkin bo'lgan eng oson odat Reja qilayotganda 4 ta qismga taqsimlasa bo'ladi (menda shunaqa): [ Spiritual ] [ Physical ] [ Professional ] [ Islamic ] Spiritual - ya'ni ruhiy tomonlama o'ylab-o'ylab, qilishim mumkin bo'lgan eng oson va foydasi eng katta odatni tanladim. Bu doim tahoratda yurish Keling, oxiratdagi foydalarini bir fursatga unutib turamiz (uning muhimligini bilgan va umidimizni saqlagan holda) Bizga hozir, bu dunyoda nima foydasi bor? Shu haqida gaplashamiz Doim tahoratda bo'lish eng avvalo xotirjamlik degani. Qizmisiz, yigitmisiz tashqi ko'rinishingiz haqida o'ylaysiz. Kunda 5 marta tahorat qilsangiz yuzingizda nimadir yopishib qolgan bo'lsa, ko'zingizga chang to'plangan bo'lsa, uni yo'qligini bilib turish xotirjamlik beradi Undan tashqari xotirjamlik beradigan va eng ko'p xijolat qildiradigan holat bu og'izdan keladigan nomaqbul hid. Bu sizda bo'lmaydi aniq. Tashqi tomondan yana mikrob va parazotlardan holilingiz ehtimoli oshadi. Tanangiz doim toza, yuzingiz yorqin, hushbo'y bo'lib turadi. Tashqi (jismoniy) tomondan men bilganlarim hozircha shular Endi boshqa tomoniga yuzlansak. Ba'zida o'zimiz xohlamasdan qiladigan ishlarimizni tahorat kuchi bilan to'xtatamiz. Masalan bekorchi suhbatlar, noo'rin va bemaza gaplar, so'kinishlar, yomon narsalarni ko'rish, noto'g'ri joyga qarash... Bularni hammasi shu odat bilan yo'q bo'lishi mumkin Vaqt boshqaruvi haqida darslar, seminarlarda qatnashamizku, mana shuni ham hal qilsa bo'ladi. Tahorat bor degani namoz o'z vaqtida degani. Namozga (peshinga) o'rtacha 10 daqiqa vaqt ketsa, qazo qilishga eng katta sabab tahorat bo'ladi odatda. "Eh, peshinni o'qish kerak" demaydi odam, "eh, tahorat qilish kerak peshinga" deydi. A tahorat bo'lsa u na joy va na payt kutadi. Endi namoz o'z vaqtida degani ehhe, hayot o'z o'rnida degani. Ko'ngil to'q, miyya joyida degani. Vaqt boshqaruvidagi eng zo'r uslub bu vazifalarni namozlar orasiga joylash. Oddiy Tahorat orqali tanangizni qanday boshqarishingiz mumkin? Avvalo yeyishingiz tartiblanadi. Har nimani har qancha yeyvermaydigan bo'lasiz, chunki yana tahorat qilishga to'g'ri keladi ) Xullas, gapirsa, sanayman desa foydasi ko'p. O'zi kichikkina lekin avvalo Payg'ambarimizning, sahoba va ulamolarning sunnatlari, foydasi kattagina. Bu men bu dunyoda foydasi bor deb bilgan, hozir hayolimga kelgan ko'plab taraflaridan ba'zilari. Siz ham sinab ko'ring! @hikoyachii
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily