View in Telegram
ANOTHER DAY
📖 «Ещё один день в Узбекистане». Книга будет доступна на следующей неделе. - 📖 “O‘zbekistonda yana bir kun”. Kitob keyingi haftada sotuvga chiqariladi. @andanotherday
Kitob yaratish jamoaviy mehnatdir. Debyut asarimni tayyorlashda menga yordam bergan odamlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ustozim Nargis Saidaliyeva kitobning bosh muharriri. Nargis opa ikki yarim yil davomida men bilan kitob g‘oyasini yetishtirdi, hikoyalarni o‘qib, tahrir qildi. U kitobning yaratilishi haqida birinchilardan bo‘lib bildi, matnlarimdagi barcha kamchiliklarni menga sabr-toqat bilan tushuntirdi. Nargis opaning ma’naviy ko‘magisiz kitob ustidagi ishni allaqachon tashlab qo‘ygan bo‘lardim. Eldos Fozilbekov muqova va rasmlar muallifi. Dos - iste’dodli rassom. O‘nta hikoyadan to‘qqiztasiga bittadan rasm ishlangan. Ma’no jihatdan chuqur, oq-qora rasmlar hikoyalarga yanada chuqurroq singib ketadi. Dos menga old va orqa muqovalarni ham chizib berdi. Uning ijodini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz kerak. Anna Sadriyeva muharrir va korrektor. Uning professional yordamisiz kitobim xatoga to‘lib-toshgan bo‘lardi. Bundan tashqari, Anna men ikkilanib qolgan paytlarimda murojaat qiladigan insonim edi. Olga Nepomnyashaya muharrir. Olga Ivanovna ajoyib mutaxassis. U ikkita hikoyani o‘qib chiqdi va ularni tahrir qilishga yordam berdi. Uning mulohazalari har doim mahoratimni oshirishga ko‘maklashadi. Rafiq O‘zturk hikoyalarning o‘zbek tiliga bosh tarjimoni. Hikoyalarimni tarjima qilishga Rafiq aka rozi bo‘lgani men uchun sharaf. Ba’zan menga kitobimning o‘zbekcha matni ruschadan ham chiroyliroq eshitilayotgandek tuyuladi. Bu ko‘p jihatdan Rafiq akaning xizmati. Abduhamid Pardayev o‘zbek tiliga tarjimon. Ikkita hikoyani tarjima qilishda menga yordam bergan Abduhamid aka ham muhim o‘rin tutdi. U menga vaqt ajratgani katta omad. Shohrux Usmonov (@usmonosphere) o‘zbek tilidagi matn muharriri. Iste’dodli! Shohrux o‘zbek tilidagi matnni yanada sayqallashtirishga erishdi. U muloyimlik bilan tuzatishlar kiritishni so‘radi, iboralarning eng yaxshi variantlarini tavsiya etdi. Akbar Toshtemirov adabiy agent. Akbar aka men yo‘ldan adashgan paytimda paydo bo‘ldi. Uning maslahatlari meni doimo to‘g‘ri yo‘lga solib, oldinga intilishimga yordam berardi. Munira Norova (@authors_and_publish) adabiy agent. Munira opa - men mustaqil ijod bilan qanday shug‘ullanishni bilmagan paytlarimda menga aniq yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan, adabiy olam qoidalarini aniq-ravshan tartiblashtirgan odam. Aynan Munira opa tufayli men kitobni ommaga taqdim etishga jazm qildim, chunki u kitobxonlar e’tiboriga loyiq bo‘lishini aytdi. Abduqodir Yo‘ldoshev sahifalovchi mutaxassis. Hikoyalarni yozishning o‘zi yetarli emas. Kitob mutoolasi, mazmun-mohiyatini anglash insonni komil va teran tafakkur sohibiga aylantirishi shubxasiz. Ushbu hikoyalar to'plami Abduqodir akaning sehrli - qo‘llarida qulay va o‘qish uchun yoqimli kitob yaratish, unda barcha matn o‘lchamlari, oraliqlar va chegaralar noshirlik qoidalarga muvofiq joylashtirilgan. Umid qilamizki qulingizdagi hikoyalar to'plami sizga manzur bo'ladi. "BOOKTOPIA" nashriyoti. Nihoyat, "BOOKTOPIA" nashriyotiga mening "portretlarim"ni chop etishga rozilik berganlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. @andanotherday
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily