✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi
“Qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
PQ-465-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha respublika ishchi guruhi yig‘ilishi bo'lib o'tdi
💬 Kun tartibidagi masala yuzasidan muvofiqlashtiruvchi
ishchi guruh rahbari Ibrohim Ergashev raisligida 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-sonli qaroriga muvofiq tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar ijrosini muhokama etildi.
🖊 Xususan, har yili
1-fevralga qadar tegishli yil hosili uchun dala chetlarida ekin ekish ishlarini tashkil etish va yetishtiriladigan mahsulotning prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinishi belgilandi.
Shuningdek, mazkur yo'nalishda:
- chora-tadbirlar
dasturi ishlab chiqish;
- dala chetini o‘zlashtirish va mahsulot yetishtirish uchun zarur bo‘lgan
urug‘ va ko‘chatlar, mineral o‘g‘itlar, kimyoviy preparatlar, moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlash;
- dala chetlaridagi hamda xonadon va ko‘p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko‘chalaridagi
yer maydonlarini o‘rganib, aniq o‘lchamlarini tasdiqlash;- tuman (shahar)
hokimlari va
Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari tomonidan mulkchilik huquqi aniqlanmagan dala chetlaridan
foydalanish huquqini belgilash va
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini tashkil qilish;
- hosildor
urug‘ va ko‘chat navlarining, shuningdek,
mineral o‘g‘it va kimyoviy preparatlarning o‘z vaqtida
yetkazib berilishini tashkil etish;- yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sotuvini, shu jumladan,
“Uzex Agro” elektron savdo platformasi orqali tashkil qilish kabi choralar belgilandi.
💬 Yig'ilishda kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ham ko'rib chiqildi.
🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter