#qonunchilikdagi_yangiliklar
🇺🇿Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi belgilandi.
✅ Hukumat qarori
(914-son, 30.12.2024 y.) bilan
“Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi
📃 Nizom
qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan
(shu jumladan, yaylovlardan) oqilona foydalanish tartibini belgilaydi.
✍️ U
quyidagilarni nazarda tutadi:
- tuproq unumdorligini saqlash va oshirish,
almashlab ekishni suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda tashkil etish orqali qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan oqilona foydalanish;
- tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda
yaylovlar almashinishini yo'lga qo'yish orqali yaylovlardan oqilona foydalanish;
- qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini
baholash va uning natijasi bo'yicha xulosani shakllantirish.
✅ Yaylovlardan oqilona foydalanish
quyidagi tadbirlarni o'z ichiga oladi:
- yaylovlar
almashinishi va suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlardan foydalanish;
- yaylovlarda
chorva mollarini o'tlatishda eng ko'p yo'l qo'yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta'minlash va yuritish tartibi to'g'risida nizomga muvofiq umumiy yaylov maydoni bo'yicha
aniqlangan eng ko'p yo'l qo'yiladigan foydalanish me'yorini ta'minlash;
- yaylovlar
almashinishi rejasiga muvofiq yaylovlardan foydalanish;
- yaylovlarning qishloq xo'jaligida foydalanishdan chiqib ketishining oldini olish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, yerlarni begona o'tlar va butasimon daraxtlar qoplashiga hamda maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari bilan
ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik.
🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter