✅ Sirdaryo viloyatida tashabbuskor aholi xonadonlarida kooperatsiya amaliyoti joriy etiladi📍 Sirdaryo viloyati mamlakatimizda eng mazali qovun yetishtiriladigan hududlardan sanaladi. Iqlim imkoniyatlari, dehqonchilik uchun mavjud sharoit natijasida aholi xonadonlarida
poliz ekinlari ko‘p miqdorda yetishtiriladi.
👫 Respublikamizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini pishib yetilishi davrida mahsulotlarning
tannarxlari mavsumiy
o‘zgarishi (tannarxlarning tushib ketishi) yuqoriligini inobatga olib, mahsulotlarni pishiqchilik davrida yig‘ib olish, tashish va saqlash jarayonlarida ma’lum qismini
yo‘qotilishini oldini olish maqsadida meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini
“bir hudud – bir mahsulot” yo‘nalishida qishloq xo‘jaligi
kooperativi tashkil etish zarurati yuzaga kelmoqda.
🙌 Mahalliy meva-sabzavot mahsulotlari
eksporti geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish, o‘zbek ekspotyorlarini har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash hamda bu orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
eksporti hajmini yanada oshirish maqsadida ixtisoslashgan mahallalar xonadonlarida
olxo‘ri, uzum, qovun va o‘rik mahsulotlarini quritishga mo‘ljallangan
4 ta qishloq xo‘jaligi
kooperativi namunali pilot loyihalarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
🍈Karantin agentligi ishchi guruhlari tomonidan dastlabki o‘rganishlar olib borildi. Sirdaryo viloyatining
Oqoltin, Mirzaobod va Xovos tumanlarida
15 dan ortiq tashabbuskor xonadonlarning sharoiti o‘rganildi. Viloyatning mazkur hududlarida
qovun qoqi tayyorlash bo‘yicha salohiyati tahlil qilinib, aholi xonadonlarining umumiy
maydoni, ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilayotgan
bino, mavjud
uskunalar, energetika va
logistika imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
🔖 Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozim, mazkur tajriba
Namangan, Sirdaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarining bir nechta tumanlarida joriy etiladi. Hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda.
🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter