“O‘zagrosug‘urta”AJda: “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda
Xalqimiz azaldan yashillikni, ko‘kalamzorlikni sevuvchi va uni o‘z mehnati bilan yaratuvchidir. Ko‘chat ekish, bog‘-u-gulzorlarni yaratishni farzandlariga kichikligidan o‘rgatib, o‘rnak bo‘lib keladilar.
Avvalo, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, ona tabiatga mehr va e’tibor bersak, kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda daraxt ekish umummilliy harakatga aylandi. Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi ekologik vaziyatni yanada yaxshilash hamda iqlim o‘zgarishlariga milliy yechim sifatidagi noyob loyiha bo‘ldi.
Mamlakatimizda har yili 200 million tup daraxt va buta ekib, yashillik miqyosini 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish maqsadi belgilangan.
“O‘zagrosug‘urta” AJ boshqaruvi va tizimdagi viloyat filiallari ham ushbu xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Ekilayotgan daraxt ko‘chatlari hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olinmoqda.
Kuzgi ko‘chat ekish ishlari izchillik bilan olib borilishi natijasida shu kunga qadar qariyb 900 tub mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bundan tashqari iliq kunlarda ob-havo sharoitini inobatga olgan holda yana 300 tup ko‘chat ekishga tayyorlab qo‘yilgan.
Bundan tashqari tizimdagi xodimlar bu loyihani o‘z xonadonlari, mahallalariga olib kirgan holda hovli va tom orqalarida ham ko‘chatlar ekishdi. Zero, bu jarayonda barchamiz shaxsiy namuna sifatida dastlab o‘z xonadonimiz va ko‘chamizni obod qilishimiz, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur.
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Website | Taplink | Twitter