View in Telegram
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun! O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengash sessiyasida muhokamalardan o‘tgach, 1992-yil 8-dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilingan. Shu kundan e’tiboran, mustaqilligimizga mustahkam huquqiy poydevor qo‘yilib, ushbu sana umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali esa yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquq va erkinliklari, xususan, mamlakatimizda bolalar, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar, o‘qituvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, xorijdagi vatandoshlarimiz, mahkumlar, bir so‘z bilan aytganda, aholining barcha qatlami huquq va manfaatlarini inobatga olgan holda real hayotdagi yirik o‘zgarishlar o‘z aksini topdi. Barchangizga bayram muborak bo‘lsin! Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Website | Taplink | Twitter
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily