#Diqqat ☺️Umumqurilish, ijtimoiy soha obʼektlarini loyihalashtirishda loyiha-qidiruv tashkilotlarining reytingini aniqlash mezonlariga yana bitta muhim oʼzgartirish kiritildi.
📉Hozirda qurilish sanoati jadallik bilan rivojlanmoqda. Shu bois ham mezonlarga loyiha ishlarilarni chet davlatga eksport qilinganligi (Oxirgi 365 kun hisobida) yoʼnalishi ham kiritildi.
📣Bundagi ball Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq qoʼmitasining maʼlumotlari asosida beriladi. Xoʼsh bu yoʼnalishdagi 5,0 bal qanday hisoblanadi?
❗️Maksimal bal interpolyatsiya usuli orqali hisoblanadi:
Bunda loyiha ishlarini kamida 100 ming dollar ekvivalentida eksport qilingan eng koʼp loyihaparga 5 ball beriladi.
B = (M / X) * Y
B - ushbu mezon boʼyicha interpolyatsiya usulida hisoblangan ball; M mezon boʼyicha maksimal ball; X - ushbu reytingdagi loyiha tashkilotining eng koʼp eksport qilingan loyihalar soni;
Y - reyting bali hisoblanayotgan loyiha tashkloti eksport qilingan loyihalar soni...
Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi