View in Telegram
#Diqqat ☺️Xabaringiz bor, yaqinda umumqurilish, ijtimoiy soha obʼektlarini loyihalashtirishda loyiha-qidiruv tashkilotlarining reytingini aniqlash mezonlariga oʼzgartirishlar kiritildi. ✔️Unda aks etgan yangi talablardan biri - Raqamli modellashtirish usulida (BIM-texnologiya) loyihalarga ekspertiza xulosasi olinganligi (oxirgi 365 kun hisobida) va mana shu yutuq uchun 5 ball berilishi boʼldi. ❗️Jahon tajribasi shuni koʼrsatmoqdaki, qurilishda BIM texnologiya­larini qoʼllash sof foydani 25 foizgacha, rentabellik indeksini 14-15 foizgacha ortishiga xizmat qiladi. Investitsiyalarning oʼzini oqlash davrini 17 foizga kamaytirib, qurilish xarajatlarining qisqarishi hisobiga loyihaning tannarxini 30 foizgacha arzonlashtiradi. 📌Eslatma: BIM – bu qurilish obʼektining koʼp oʼlchovli modelini yaratishga imkon beradigan texnologiya boʼlib, barcha maʼlumotlarni oʼz ichiga oladi. Ushbu model nafaqat qurilish uchun, balki obʼektning ishlashi uchun ham qoʼllaniladi. Shuning uchun uni faqat grafik 3D proektsiyasi deb oʼylash mutlaqo notoʼgʼri. BIM qisqartmasi ingliz tilidan (Building Information Model ili Modeling) “binolarni axborot modellashtirish” deb tarjima qilingan. Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily