#Online #Jarayon
Habar berganimizdek Nukus shahrida “Loyihalash va qurilish tashkilotlarining reytinglarda ishtiroki va xatolari” mavzusida seminar tashkil etildi.
☺️ Maʼlumki,Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi qurilish va kommunal sohani raqamlashtirish faoliyatini olib boradi. Markaz tomonidan yaratilgan platformalar orasida qurilish–pudrat tashkilotlari reytingi alohida ahamiyatga ega. Mazkur tizim inson omilisiz ishlaydi. Asosiy maqsad esa qurilish sohasida shaffoflikni taʼminlash hamda qog‘ozbozlik va korrupsiyaga chek qo‘yishdan iborat.
💻 Qurilish–pudrat tashkilotlari nima uchun reytingda ishtirok etishi zarur?
🖋 Maqsad quruvchi-pudrat tashkilotlari o‘rtasida yolg‘on va noto‘g‘ri maʼlumotlar tarqalishini oldini olish, shaffoflik va ishonchlilikni taʼminlash bo‘lgani uchun ham ijtimoiy soha obyektlarini qurish istagidagi har bir tashkilot reytingda ishtirok etishi shart. Aholining xavfsizligini taʼminlash uchun ham ijtimoiy soha obyektlari, xususan maktab, bog‘cha, yo‘l va suv inshootlari qurilishi va taʼmirlanishini munosib nomzodga topshirishda mazkur reyting ko‘rsatkichlariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
📱Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube