🇺🇿#Sessiya
Bugun Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashining navbatdagi beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi📌Sessiyada Sergeli tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot taqdim etildi. Mazkur hisobotda tumandagi ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirish, pedagog kadrlarning malakasini yuksaltirish borasidagi ko‘rsatkichlar va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berildi.
📌Sergeli tumani tibbiyot birlashmasining 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot ham muhokama qilindi. Hisobotda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, yangi zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlari, profilaktik tibbiy ko‘riklar va shu bilan birga, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kasalliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
📌O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Sergeli tuman yoshlar ishlari bo‘limining 2024-yildagi faoliyati yuzasidan hisobot tinglandi. Mazkur hisobotda yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, sport, madaniyat va ta’lim sohasidagi loyihalarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berildi.
📌Sessiyada ushbu masalalar bilan birga boshqa tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. ✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website