🇺🇿#Yoshlar
Sergeli tumanida yoshlar muammolarini aniqlash va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuv oʻtkazildi
Sergeli tumani hokimi va sektor rahbarlari mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan navbatdagi muhim uchrashuvni tashkil etdilar.
Yigʻilishning bosh maqsadi yoshlar oʻrtasida olib borilayotgan xatlov jarayonini tahlil qilish va uning samaradorligini oshirish yoʻlidagi vazifalarni belgilashdan iborat boʻldi. Ushbu maqsad doirasida yigʻilishda xatlov jarayonining bugungi holati, bu borada amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. ayniqsa, xatlov jarayonining o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar orasida uchrayotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularni hal qilish uchun sektor rahbarlari va yoshlar yetakchilari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida xatlov jarayonining ahamiyati alohida eʼtirof etildi. Ushbu jarayon yoshlar orasidagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini chuqur oʻrganish hamda bu asosda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun muhim platforma ekanligi taʼkidlandi.
✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati🕊Telegram📱Instagram📱Facebook🌐Website