Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali
☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50
📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 2024-yil hisobotlariga ko'ra, mulkdorlari eng ko'p bo'lgan hudud Samarqand viloyatidir
🇺🇿 Respublikamiz miqyosida jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar 2025-yil 1-yanvar holatiga ko'ra 8 120 538 tani tashkil etmoqda.
✅ Bu esa yurtimizda kambag'allikni qisqartirish va aholi turmush tarzini yanada yaxshilash borasidagi islohotlar samarasi o'laroq, mulkdorlar soni kun sayin ko'payib borayotganidan dalolatdir.
➖ Eng ko'p mulkka egalik qiluvchi jismoniy shaxslar esa doimgidek Samarqand viloyatida qayd etildi.
📊Hududlar kesimidagi batafsil ma'lumotlar mazkur infografikada.
E-auksion.uz orqali shaffof auksionda ishtirok eting, mulk va yer uchastkalarini sotiboling!
⭕️ 4461 ta koʻchma savdo obyektlari (ko'rish) ⭕️ 5749 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish) ⭕️ 150 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko'rish) ⭕️ 1323 ta dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish) ⭕️ 261 ta qishloq xo'jaligi yerlari (ko'rish) ⭕️ 65 ta xalqaro yo‘llar bo‘yidagi yerlar (ko'rish) ⭕️ 49 ta davlat aktivlari (ko'rish)
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 8-yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni
🇺🇿 Prokuratura organlari mamlakatimizda huquqiy tartibni saqlash, qonunlarning adolatli va teng ravishda qo‘llanilishini ta'minlashda beqiyos ahamiyatga ega. Ularning har bir qarori, har bir amaliyoti jamiyatimizda qonun ustuvorligini, huquqiy xavfsizlikni va adolatni tiklashga xizmat qiladi.
🇺🇿 Bugungi kunda prokuratura tizimi faqatgina jinoyatlarni tergov qilishda emas, balki inson huquqlarini himoya qilish, korrupsiyani fosh etish va jamiyatda adolatli huquqiy muhitni yaratishda ham katta rol o‘ynaydi. Ularning har bir xatti-harakati Vatanimiz ravnaqi uchun muhim ahamiyatga ega.
💐Prokuratura tizimida mehnat qilayotgan barcha xodimlarga adolat va qonuniylikni ta'minlashdagi fidokorona va mashaqqatli ishlarida davomiy muvaffaqiyat va omadlar tilaymiz! Jamiyatimizdagi huquqiy tartibni mustahkamlashga xizmat qilayotgan sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar yor bo'lsin!
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Uy olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e'tibor qilish kerak ?
🏠 Xabaringiz bor, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilgan fuqarolarning turli mazmundagi e’tirozlari, jumladan, kadastr hujjatini ololmayotgani bilan bog‘liq murojaatlari e’lon qilinmoqda.
❗️Bu kabi muammoli holatlar nima sababdan yuzaga kelmoqda, aslida yangi kvartira sotib olishda nimalarga e’tibor berish kerak?
▶️Aholi fikri va mutaxassisdan tavsiyalar batafsil mazkur reportajda ➡️ Videoni yaqinlaringizga yuborishni unutmang!!!
⭐️ Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida "Korrupsiya-taraqqiyot dushmani" mavzusida videoroliklar tanlovining FINAL bosqichi bo‘lib o‘tgandi.
📹Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi xodimi tomonidan tayyorlangan mazkur videorolik tanlovda "Eng yaxshi g‘oya muallifi" nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.
➡️ Eslatib o‘tamiz tanlovda 20 dan ortiq videoroliklar kelib tushdi va 10 tasi FINAL bosqichida g‘oliblik va sovrinli o‘rinlar uchun ishtirok etdi.
➡️Qonunchilikka ko‘ra, mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka bo‘linadi. Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char mulkka kadastr pasporti berilmaydi va unga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.
✅ Ko‘chma savdo joyini ijaraga olish huquqi “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion g‘olibiga ko‘chma savdo joyi ko‘pi bilan 36 oygacha ijaraga beriladi, ko‘chma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan kompensatsiyaberiladi
🪪Yer uchastkasi olib qo‘yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk bozor qiymatining besh foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.
❕Quyidagilar kompensatsiya qilinadi:
▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymati; ▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati; ▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati; ▪️ko‘chish, shu jumladan boshqa ko‘chmas mulk obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar; ▪️yer uchastkasidan va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘shatib qo‘yilgan paytdan e’tiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar bo‘lgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin bo‘lgan foyda hisobga olinadi); ▪️huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.
📍Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali tadbirkorlik va shaharsozlikga mo'ljanlangan yer uchastkalarini sotib oling!
◼️ Oqdaryo tumanidan 482 ta (ko'rish) ◼️ Bulung'ur tumanidan 229 ta (ko'rish) ◼️ Jomboy tumanidan 130 ta (ko'rish) ◼️ Ishtixon tumanidan 953 ta (ko'rish) ◼️ Kattaqo'rg'on tumanidan 366 ta (ko'rish) ◼️ Qo'shrabot tumanidan 1086 ta (ko'rish) ◼️ Narpay tumanidan 164 ta (ko'rish) ◼️ Payariq tumanidan 359 ta (ko'rish) ◼️ Pastdarg'om tumanidan 92 ta (ko'rish) ◼️ Paxtachi tumanidan 74 ta (ko'rish) ◼️ Samarqand tumanidan 59 ta (ko'rish) ◼️ Nurobod tumanidan 600 ta (ko'rish) ◼️ Urgut tumanidan 198 ta (ko'rish) ◼️ Toyloq tumanidan 12 ta (ko'rish) ◼️ Samarqand shahridan 1 ta (ko'rish) ◼️ Kattaqo'rg'on shahridan 238 ta (ko'rish)
➡️Obyektning kadastr raqami — yer uchastkasining, binoning yoki inshootning O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan o‘ziga xos raqami bo‘lib, ushbu raqam ko‘chmas mulkni shakllantirish chog‘ida beriladi va uning ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lishi davrida saqlanib turadi. 💬 Asos: O'RQ-803 28.11.2022
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida 2025-yil yanvar oyida respublikaning barcha hududlarida o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi bilan infografikalar orqali tanishib olishingiz mumkin.
☯️ Xabaringiz bor, O'RQ-937-sonli Qonuniga ko'ra, 2024-yilning 8-noyabridan respublika boʻyicha reja jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi vakillari mazkur jarayonni katta shijoat bilan olib borar ekanlar, xonadon sohiblari boʻlmish sizlardan ham bu jarayonda oʻz xissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz. Qanday qilib deysizmi? 👇
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagiO‘RQ-937-sonQONUNi bilan fuqarolarni azal-azaldan tashvishga solib kelayotgan muammolariga yechim topildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Aynan shu xususda 🌟Kadastr agentligi direktori o'rinbosari Abdushukur Abdullayevning "Ishonch" gazetasiga bergan intervyusida so'z boradi.
Kadastr sohasidagi barcha kasbdoshlarimizni, yurtdoshlarimizni va viloyatimiz mehmonlarini kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin yurakdan tabriklayman.
Bugun butun Respublikamiz bo‘ylab bayram shukuhi kezib yuribdi. Yangi 2025-yil fayzli-barokatli, quvonchli onlarga boy, ezguliklarga to‘la yil bo‘lsin. Shu fursatdan foydalanib Aziz vatandoshlarimizni, 2025-yilda rejalashtirgan ezgu niyatlari amalga oshishida Yaratgandan kuch-quvvat, sog‘lik va salomatlik, baxt-saodat, farovonlik va oilaviy tinchlik hamrohi bo‘lishini tilayman! Hurmat bilan, Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i M.Kuvandiqov
Assalomu alaykum, aziz do‘stlar, hurmatli hamkasblar, qadrli yurtdoshlar!
Sizni va oila aʼzolaringizni kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy muborakbod etaman.Yangi 2025-yil fayzli-barakatli, quvonchli onlarga boy, ezguliklar yili bo‘lsin.Sizga sog‘lik, tinchlik, totuvlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. 2025-yilda rejalashtirgan ishlaringizni amalga oshirishda sizga yaratgandan tuganmas aql-zakovat va kuch-quvvat tilab qolaman.
Buyuk va muqaddas Vatan — jonajon O‘zbekistonimiz osmoni hamisha musaffo bo‘lsin! Hurmat bilan, Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i F.M.Xudayqulov