🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Poytaxt boshqarmasi va uning 12 ta tuman filiallari ham endi ISO sertifikatiga ega 🌟 Davlat kadastrlari palatasi 2024-yilgi Chora-tadbirlar ish rejasiga muvofiq
DKP Toshkent shahar boshqarmasi va uning tuman filiallarida
Xalqaro standartlarga asoslangan boshqaruv tizimini joriy qilish maqsadida bir qancha vazifalar belgilangan edi. Shunga ko‘ra, poytaxt boshqarma xodimlari va tashqi konsultantlar bilan birgalikda
“ISO 9001 – Sifat menejmenti tizimi” va
“ISO 37001 – Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari” xalqaro standartlari talablariga muvofiq faoliyatni olib borishda zarur bo‘lgan hujjatlar ishlab chiqildi va faoliyatga joriy etildi.
◼️“Cert international” tashkiloti mutaxassislari tomonidan boshqarma va uning tuman filiallarida auditorlik tekshiruvi o‘tkazildi. Tekshiruv natijasiga muvofiq
🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning 12 ta tuman filiallari ikki yo‘nalishda
ISO sertifikatga loyiq deb topildi.📃 Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati Integrallashgan boshqaruv tizimi bo‘yicha ma’sul mutaxassis
B.Axmedov, DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i
A.Yunusov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi
T.Yuldashev hamda tizim xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda ushbu sertifikat
“CERT ACADEMY GROUP” Xalqaro trening kompaniyasi bosh auditori
Riad Ibragimov tomonidan topshirildi.
✅ Ma’lumot uchun: integratsiyalashgan boshqaruv tizimi joriy qilinib, xalqaro sertifikatning qo‘lga kiritilishi poytaxt kadastri tizimida xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
#DavKadastrPalata #ISO #sertifikat Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I
Telegram I
Instagram I
YouTube I
Facebook I
Twitter