#rasmiy_munosabat⚡️RASMIY MUNOSABAT▶️ Ijtimoiy tarmoqda “Samarqand shahar kadastrida 18 kishiga bir kishi xizmat ko‘rsatmoqda” mazmunidagi murojaat e’lon qilindi. Ushbu murojaat bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan murojaatda qayd etilgan holat va e’tirozlar o‘rganib chiqildi.
✅ Bugungi kunda barcha kadastr xizmatlari uchun arizalar onlayn tartibda
my.gov.uz portali orqali yoki Davlat xizmatlari markaziga borib murojaat qilish imkoniyati yaratilgan. Biroq aholimiz o‘zlarining kadastr sohasiga oid turli savollariga javob olish maqsadida boshqarmaning Samarqand shahar filialiga kelib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishadi.
✅ Bu borada, fuqarolarning sarsongarchiligini oldini olish maqsadida boshqarmaning har bir tuman (shahar) filiallariga, shu jumladan, Samarqand shahar filialida ham
📱 ishonch telefon raqamlari orqali aholini qiziqtirgan savollariga javob berish yo‘lga qo‘yilgan.
➡️ Shunday bo‘lsada, fuqarolar o‘zalariga tegishli ko‘chmas mulk obyekti (asosan uy-joy)lari haqida “Ko‘chmas mulk-3” dasturidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish va boshqa masalalar yuzasidan filial binosiga kelib murojaat qilishmoqda.
🌟 Boshqarmaning Samarqand shahar filialida “Ko‘chmas mulk-3” dasturiga mas’ul xodim sifatida bitta xodimga ruxsat berilgan bo‘lib, boshqa xodimlarning ushbu dasturga kirib, ma’lumotlarga aniqlik kiritish imkoniyati yo‘q. Shu bois, filialga kelgan fuqarolar o‘rtasida tabiiy navbat yuzaga kelmoqda.
◼️ Bu kabi noqulayliklarni oldini olish maqsadida “Ko‘chmas mulk-3” dasturi bilan bog‘liq bo‘lmagan murojaatlarga javob berish yuzasidan qo‘shimcha yana ikkita mutaxassis xodim, murojaat bilan kelgan fuqarolarga tegishli tushuntirish va huquqiy maslahatlar berish uchun jalb qilingan.
🇺🇿 Nafaqat viloyat bo‘yicha balki Respublika miqyosida ham aholisi zich joylashgan va ko‘chmas mulk obyektlari soni ko‘pligi jihatidan ham Samarqand shahri old o‘rinlarda turadi. Shu bois, aholi tomonidan kelib tushayotgan kunlik buyurtma va murojaatlar soni ham shunga yarasha ko‘p hisoblanadi.
💬 Kelgusida bu kabi noqulayliklarni oldini olish maqsadida rahbariyat tomonidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.