Elon Mask Donald Trampdan foydalandi.
Elon Mask uchun Donald Tramp Oq uyga lotereya chiptasi edi. Iyul oyida
yozgan edim:
"...
Mask Twitterni AQSh prezidentlik saylovlariga aralashish, uning natijasiga, ovoz beruvchilar ma'lumot maydoniga ta'sir yetkazish uchun sotib olgan deyish mumkin...
"
Elon Mask bu chiptani o'ynadi.
Oktyabrda yozgandim:
"Mask Tramp orqali Oq uyga maksimal darajada yaqinlashishi mumkinligini bilgan holda ham harakat qilyapti."
Noyabr oyida esa Elon Mask bu lotereyani yutib oldi. Endi de-fakto AQShning soyadagi prezidenti yoki soyadagi vitse-prezidentiga aylandi desa bo'ladi. Kamida, maslahatchisiga. Tashqi ishlar masalasida ham stol atrofida
joy topildiku, masalan.
Kuni kecha Elon Mask AQShdagi eng muhim va mustaqil institutlardan biri bo'lgan AQSh Markaziy banki (Fedrezerv) prezidentga bo'ysunishi haqidagi
fikrlarni qo'llab-quvvatlashini aytdi. Jerom Paulning "yo'q" degan gaplari tegib ketgan-da. Maskdan bu albatta yangilik emas. Mask anchadan beri Fedrezerga qarshi va konspirologik g'oyalarni targ'ibot qilib keladi. Tramp ham Mask bilan fikrdosh, yaqinda o'zining biznesdagi muvaffaqiyati va moliyaviy ziyrakligi unga Fedrezervdagi iqtisodchilardan ko'ra yaxshiroq instinktlar berishini ta'kidlab men bank raisidan ham yaxshiroq bilaman degandi.
Xullas, yanvarda rasman ish boshlaydigan hokimiyat AQSh Markaziy bankiga tajovuzni faqat oshiradi.
Bundan tashqari, Elon Maskning AQSh hukumatiga juda yaqin kelishi manfaatlar to'qnashuvining eng cho'qqisiga misol bo'ladi. Maskning bir nechta korxonasining faoliyati federal regulyatorlar tomonidan tartibga solinadi (SpaceX, Tesla), va ba'zi kelishmovchiliklari bor. Musk Trampga federal hukumatdagi ishchilar soni va faoliyatini tartibga solish bo'yicha yordam berishi
kutilmoqda. Butun federal hukumat xarajatini qisqartirish bahonasida o'z korxonalarini regulyatsiya qiladigan regulyatorlarning ham faoliyatiga to'g'ridan-to'g'ri kirib borishi mumkin-ku. Ko'ramiz.
@uzbekonomics