View in Telegram
Elon Musk fazoga raketa uchirishi mumkin, Marsda lager qurishi, eng ilg'or elektrokar, texnologiyalar ustida ishlashi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarni 45 milliard dollarga, zararga sotib olishi va investorlarni, ommani istalgancha manipulyatsiya qilishi mumkin. Lekin, bu dunyoda u hech qanaqasiga qila olmaydigan eng katta narsa bu AQSh prezidentligiga nomzod bo'lish. Trillion dollarga ham "sotib" ola olmaydi. Sababi u AQSh fuqarosi bo'lsa ham AQShda tug'ilmagan. Janubiy Afrika respublikasida tug'ilgan. AQSh konstitutsiyaga ko'ra AQSh prezidentligiga nomzod bo'la olmaydi. Shuning uchun ham, u Tramp orqali Oq uyga maksimal darajada yaqinlashishi mumkinligini bilgan holda ham harakat qilyapti. Buning uchun ochiqchasiga hamma narsani qilib ko'ryapti. https://www.nytimes.com/2024/10/11/us/politics/elon-musk-donald-trump-pennsylvania.html @uzbekonomics
Telegram Center
Telegram Center
Channel