View in Telegram
Ayni damda dunyodagi eng katta manipulyator "inflyuenser"lardan biri menimcha Elon Musk. Kuni kecha, buni "so'z erkinligi uchun kurash" maqsadida sotib oldim degan ijtimoiy tarmoqda AQSh prezidentlikka nomzod bo'lishi kutilayotgan Kamala Harrisning ovozini sun'iy intellekt va deep fake orqali soxtalashtirilgan, o'zi aytmagan gaplarni go'yoki o'zi aytgandek qilib yasalgan videoni ulashibdi. Ulashishdan tashqari, bu video parodiya, AI orqali yasalgan soxta video ekanligiga ishora qiluvchi ogohlantiruvchi yozuvlarni qo'shmagan. Shu paytgacha video 120 milliondan ko'p ko'rilgan. Masalan, boshqa nomzodga bunday soxta video yasay olmaydi, va ulashmaydi ham. Bu juda xavfli pretsedent. Texnologiya sektoridagi go'yo "yetakchi" odamdan bunday qadamni ko'rish yaxshi emas. Men buni boshidanoq kutgandim. Bu janubiy afrikada tug'ilgan milliarder Twitterni AQSh prezidentlik saylovlariga aralashish, uning natijasiga, ovoz beruvchilar ma'lumot maydoniga ta'sir yetkazish uchun sotib olgan deyish mumkin. @uzbekonomics
Telegram Center
Telegram Center
Channel