Endilikda pasportning elektron shakli ham rasman tan olinadiJoriy yilning 1-iyul sanasidan boshlab shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli rasman tan olinadi. Ularning qogʻoz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroport, vokzal kabi tegishli hujjatlarni soʻraydigan tashkilotlarda talab etilmaydi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining aniqlik kiritishicha, endilikda my.gov.uzdagi shaxsni tasdiqlovchi, haydovchilik guvohnomasi va boshqa hujjatlarning raqamli (elektron) shakllari rasman tan olinadi. Bunda my.gov.uz platformasi hamda “Ijtimoiy karta” mobil ilovasida ushbu raqamli servislardan foydalanish imkoniyati yaratiladi va ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy tartibda qabul qilinadi.📱Mobil ilova 👉iOS | Android
O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор