* * *
Oshib ketolmaysan haddingdan hatlab,
Oʻzingdan, oʻzgadan zerikkan vaqtlar.
Osmon bilan nochor xayr-u xoʻsh aylab,
Qoʻllarin silkitar kuzgi daraxtlar.
Oʻzim bilan oʻzim kezarman tanho,
Havoda muallaq...
Na baland-pastman.
Butunlik qolmagan butun dahr aro
Xayolingdan butun chiqmoqchimasman.
Ostimizda zamin olayib qarar,
Ustimizda osmon turar aylanib.
Yuraklar holidan butkul bexabar,
Mayda gap singari ketdik chaynalib.
Bir zum koʻz ochirmas,
Koʻzim oʻngida
Koʻngilning oynasin qoplagan gʻubor.
Bir xayol tentirar yodim boʻgʻzida...
Chaynalma...
Yo tupur...
Yo yutib yubor...
Shahodatbonu ImomnazarovaSurat: Yuval Robichek@usmonosphere #nazm