Bu safar men eng nozik qism hisoblangan Ingliz tilidagi Listening
🎧 qismiga Bosh nazoratchilik qildim. Bosh nazoratchi qoida
📖kitobiga muvofiq abiturientlarga qoidalarni bittalab
🗣 o'qishi kerak. Yoningizda yana bir professor esa siz xato qilmayotganingizni tekshirib turishadi. Ingliz tili bo'yicha Listening imtihonida har bir talabaga alohida
📲🎧 eshitgich texnikasi beriladi va shuning uchun muammo chiqishi oson imtihon hisoblanadi. Chunki, kimningdir moslamasi ishlamay qolishi, to'xtab qolishi va hokazo bo'lishi mumkin.
Hudoga shukur, bunday bo'lmadi
✅ va biz imtihonni oliy saviyada o'tqaza oldik. Ammo, asablar ham, oyoq ham ketdi. Men bilan birga imtihonga kirgan universitetimizdagi hamkasblar
👨🏽🏫 bu safar shu darajada jiddiy chiqishdiki, jami
8️⃣⏳ soatga yaqin davom etgan
4️⃣ sessiyada biror marta ham o'tirishmadi.
🎌Yaponiyadagi umumiy imtihonga oid aytiladigan juda ko'p gaplarim,
📝 taassurotlarim bor. Meni e'tiborimni tortgani bu safargi imtihonlarda abiturientning faqatgina grammatika yoki so'zlarni bilishigina emas, uning o'qiy olish
📰 va fikrlay
💬 olish qobiliyatiga juda ham katta e'tibor berilgani, kontekstual
❓savollarning ko'pligi bo'ldi.
💠 Agar imkon bo'lib, Yaponiyadagi ingliz tilidagi imtihon testlarini ko'rish imkoni bo'lsa, men yurtimizdagi mas'ullar va ustozlarga albatta uni ko'rib chiqib, kerakli joylaridan o'rnak olishni qattiq tavsiya etardim.
Biroz avval, o'zimizdagi
2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣-yil testlarii ko'rdim,
........juda sodda testlar ekan
😔 Yaponiyadagi imtihonlar oldida deya xulosa qildim.
.......zamon o'zgaryapti.
........imtihonlarda ham endi boshqacha yondashish zamoni kelmayaptimi
⁉️Telegram |
Vebsayt