View in Telegram
Talabani so’kib🗣 dars o’tish yaxshimi yoki 😇maqtab o’tishmi? 🏫Universitetimizda bir yaxshi odat bor: har bir professor yilda 1⃣ marta albatta boshqa professorning 🧑‍🏫darsini ko’rishga kirishi lozim. Bu safar Oila huquqi professori mening darsimni ko’rishga👀 keldi. O’zim esa Osiyo davlatlari huquqi professori darsini eshitdim👂. Bu tizimni maqsadi bir-birimizdan o’rganishdir. Kuzatgan bir darsda olganlarimni sizlar bilan bo’lishsam. Darsiga kirgan yapon🎌 hamkasbim advokat bo’lib ishlaydi. Bir vaqtning o’zida professor o’laroq dars ham beradi. Darsini kuzatib shularni ko’rdim: 💠 - o’ta tez gapirmaydi, chunki uning darsiga boshqa fakultet talabalari ham kirtadi. 💠 - ba’zan gaplarini qayta-qayta♻️ takrorlaydi. - dars davomida Google Form📋 kabi texnologiyalarni ishlatib, talabalardan bir necha bor fikrlarni 💬 eshitadi va ularni shakllarga aylantirib hamma bilan ularning ko’z o’ngida tahlil📊 qiladi. 💠 - talabalarga telefoningni📲 sumkangga solib qo’y demaydi, 💠 - talabalarning Google Form orqali javoblari ichidan qiziqarlilari chiqsa💡, kular yuz bilan ularni maqtab rahmat☺️ aytadi. (Aslida yaponlar ko’p rahmat aytishadi). Bu menimcha juda ham pozitiv holat bo’lib, shaxsan o’zim ham o’rgandim. 💠 - har darsdan keyin keyingi hafta uchun yozma vazifani beradi. AI bilan maslahat qilishga qarshi emas, ammo AI bergan javobni e’tiborga olmaydi. 💠 - dars oldidan mavzuga doir bir muammoni ko’tarib, 4⃣-5⃣ minutlik vídeoni ko’rsatish orqali darsni boshladi. 💠 - dars davomida bir necha case-study larni bergan holda talabalarni 💭 fikrlashga chorladi. Talabalar esa telefonlaridan Power Point Prezentatsiyasida chiqib turgan QR kod orqali professor savollariga javob berishdi, - darsni 🔟 minutlar oldin tugatib, talabalar bilan savol&javobga⁉️ yetarlicha vaqt qoldirdi, 💠 - e-mail📧 orqali bo’lsa ham savol yuborish mumkinligini aytib, berilgan savol egasini nomini aytmasdan javobni boshqalar bilan bo’lishishini aytdi Dars so’ngida esa 🇯🇵 Yaponiyada influenza tarqayotganini aytib, hammaga yaxshi ta’tillar tiladi. Qalay🌚
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily