Смотреть в Telegram
Taqdiringizdan rozi boʻling. Yaxshilab oʻylab koʻrsangiz, nima boʻlgan boʻlsa ham, hammasi yaxshilikka boʻlgan. Masalan: - Qiyin kunlar berildi – sabr qilishni oʻrgandingiz... - Dard keldi – hamdardlikni oʻrgandingiz... - Sitamlar keldi - bardoshingiz tarbiyalandi... - Yomonlar atrofingizda bisyor boʻldi, imoningiz charxlandi... - Toshbagʻirlarga roʻbaroʻ boʻlib mehr berishni oʻrgandingiz... - Kasal boʻlib - sogʻliqni qadrini bildingiz... - Musofir boʻlib - yurtingizni va yaqinlaringizni sogʻinishni oʻrgandingiz... - Yoshlikda uqimay - ulgʻaygach ilmni qadrini oʻrgandingiz... Faqat sizdan iltimos: Yetim boʻlmasdan ota - onani, qarilik kelishidan oldin yoshlikni, kasal boʻlishdan oldin sogʻlikni qadrlashni va umr tugamasdan har lahzangizni qadriga ertaroq yetishga xarakat qiling! Chunki bularni qadrini bilganingizda kech bo'ladi.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств