Taqdiringizdan rozi boʻling.
Yaxshilab oʻylab koʻrsangiz, nima boʻlgan boʻlsa ham, hammasi yaxshilikka boʻlgan.
Masalan:
- Qiyin kunlar berildi – sabr qilishni oʻrgandingiz...
- Dard keldi – hamdardlikni oʻrgandingiz...
- Sitamlar keldi - bardoshingiz tarbiyalandi...
- Yomonlar atrofingizda bisyor boʻldi, imoningiz charxlandi...
- Toshbagʻirlarga roʻbaroʻ boʻlib mehr berishni oʻrgandingiz...
- Kasal boʻlib - sogʻliqni qadrini bildingiz...
- Musofir boʻlib - yurtingizni va yaqinlaringizni sogʻinishni oʻrgandingiz...
- Yoshlikda uqimay - ulgʻaygach ilmni qadrini oʻrgandingiz...
Faqat sizdan iltimos:
Yetim boʻlmasdan ota - onani, qarilik kelishidan oldin yoshlikni, kasal boʻlishdan oldin sogʻlikni qadrlashni va umr tugamasdan har lahzangizni qadriga ertaroq yetishga xarakat qiling! Chunki bularni qadrini bilganingizda kech bo'ladi.