Смотреть в Telegram
Esa: vergul kerakmi yoki yoʻq? Musahhih va muharrirlarni oʻylantiradigan, chalkashtiradigan holatlardan biri esa soʻzidan keyin vergul qoʻyish yoki qoʻymaslik masalasi. Chunki u baʼzida vergul talab qiladi, baʼzida esa – yoʻq. Xoʻsh, qachon vergul qoʻyiladi? 1️⃣ Esa bogʻlama vazifasini bajarsa va boʻlsa maʼnosini anglatsa. Bu tarzda kam qoʻllanadi. Bunday paytda koʻpincha unga -da yuklamasi qoʻshiladi: Burni bir oz beoʻxshovroq esa-da, lekin uning umuman yuz bichimi kelishgan edi. Oybek, “Tanlangan asarlar”. 2️⃣ Unday boʻlsa, u holda maʼnolarini ifoda etsa. Odatda bu maʼnoda shevada ishlatiladi: Esa, Oqqiz, borib sen ham koʻrib kel-chi. “Ravshan”. Qachon vergul kerak emas? Esa shaxs, narsa, hodisalar ketmaketligida ularni boshqalariga nisbatlab, ajratib qayd etsa: Men esa uni ovuntirishga, yupatishga urinardim. “Guldasta”. Misrda roʻy bergan mana bu voqea esa hammasidan oshib tushadi. “Fan va turmush”. @oriftolib
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств