Esa: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Musahhih va muharrirlarni oʻylantiradigan, chalkashtiradigan holatlardan biri
– esa soʻzidan keyin
vergul qoʻyish yoki qoʻymaslik masalasi. Chunki u baʼzida vergul talab qiladi, baʼzida esa – yoʻq.
Xoʻsh, qachon
vergul qoʻyiladi?
1️⃣ Esa bogʻlama vazifasini bajarsa va
boʻlsa maʼnosini anglatsa. Bu tarzda kam qoʻllanadi. Bunday paytda koʻpincha unga
-da yuklamasi qoʻshiladi:
Burni bir oz beoʻxshovroq esa-da, lekin uning umuman yuz bichimi kelishgan edi.
Oybek, “Tanlangan asarlar”.
2️⃣ Unday boʻlsa, u holda maʼnolarini ifoda etsa.
Odatda bu maʼnoda shevada ishlatiladi:
Esa, Oqqiz, borib sen ham koʻrib kel-chi.
“Ravshan”.
Qachon
vergul kerak emas?
Esa shaxs, narsa, hodisalar
ketmaketligida ularni boshqalariga
nisbatlab, ajratib qayd etsa:
Men esa uni ovuntirishga, yupatishga urinardim.
“Guldasta”.
Misrda roʻy bergan mana bu voqea esa hammasidan oshib tushadi.
“Fan va turmush”
.
@oriftolib