Necha, nechi va nechchi
Oddiy yozishmalarda ham, hatto mutaxassislar yozgan matnlarda ham
necha soʻzini
nechi yoki
nechchi shaklida xato yozish koʻp uchraydi.
❗️ Nechi ham,
nechchi ham talaffuzga xos holat, adabiy tilda umuman ishlatilmaydi. Soʻzning yagona toʻgʻri shakli:
necha.
Necha soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda
qoʻllanadi:
1️⃣ Son-miqdor haqida soʻroqni bildiradi; qancha?
Kostyum necha soʻm turadi? Soat necha boʻldi? Zavodda necha yil ishladingiz? Bir necha odam. Bir necha vaqt. Fargʻonaga necha marta borgansiz? Men buni senga necha marta aytdim!
2️⃣ His-hayajonni bildiruvchi gaplarda miqdorning son-sanoqsizligini, koʻpligini bildiradi.
Poyezd necha soat yoʻl yurgandan keyin ana shu bekatchalarning biriga kelib toʻxtadi.
A. Qahhor, “Asarlar”.
📌 Demak:
Necha ✅
Nechi, nechchi
❌
@oriftolib