View in Telegram
Necha, nechi va nechchi Oddiy yozishmalarda ham, hatto mutaxassislar yozgan matnlarda ham necha soʻzini nechi yoki nechchi shaklida xato yozish koʻp uchraydi. ❗️ Nechi ham, nechchi ham talaffuzga xos holat, adabiy tilda umuman ishlatilmaydi. Soʻzning yagona toʻgʻri shakli: necha. Necha soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi: 1️⃣ Son-miqdor haqida soʻroqni bildiradi; qancha? Kostyum necha soʻm turadi? Soat necha boʻldi? Zavodda necha yil ishladingiz? Bir necha odam. Bir necha vaqt. Fargʻonaga necha marta borgansiz? Men buni senga necha marta aytdim! 2️⃣ His-hayajonni bildiruvchi gaplarda miqdorning son-sanoqsizligini, koʻpligini bildiradi. Poyezd necha soat yoʻl yurgandan keyin ana shu bekatchalarning biriga kelib toʻxtadi. A. Qahhor, “Asarlar”. 📌 Demak: Necha Nechi, nechchi @oriftolib
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily