Смотреть в Telegram
TOMOSHADAN SOʻNG (Shams-i-Qamar teatri aktyori Muxtor Asrorovga) Laʼnati kitoblar... keldi halqumga, Gʻorat qildi tinch hayotimni. Toʻldirib ichimni zahar-zaqqumga, Tortib oldi bor bisotimni. Jaydari tilimga qoʻshib iltifot Jazm etdimmi burro soʻzlashga? Oqibat, atvorim oʻz toʻdamga yot, Oq uyurda yagona qashqa. Jin ursin barini... Irkit oʻrdakcha Esh boʻlmadi sira zotiga. Kalaka qildimi, taqdir oʻrkachday Tosh bostirdi qush qanotiga. Zarilmidi unga yana bir raqib, (Butkul nohaq emasdim garchi.) Afsus, it qargʻagan Kafkani oʻqib, Soʻzlab qoʻydim otamga qarshi. Laʼnati kitoblar... Yoʻqolsin bari! 8.01.2025 @Nurmuhammad_Abduzoir
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств