Смотреть в Telegram
Forwarded from Suhrob Ziyo
Xurshid DAVRON LORKA O‘LIMI Uni tongga tirab otdilar… U yiqildi, So‘ng yana turdi Va yoshgina, Bukri bir askar Qo‘ndoq bilan boshiga urdi. U jon berdi… Askarlar esa Shosha-pisha ortga qaytdilar, Sharob ichib mungli qo‘shiqni Tun sukutin buzib aytdilar. Bu qo‘shiqda bulutni yorgan Hilol cho‘qqi uzra porlardi, Bu qo‘shiq qor ostida yotgan Chechaklarni bo‘zlab chorlardi. Bu qo‘shiqda qora kiyingan Tul kampirlar ertak to‘qirdi, Ularning oldida ko‘zi ko‘r bola Zulmat aro kitob o‘qirdi. Qo‘shiq kuylab, Tuyib alamni, Yosh askarlar sarmast edilar, Shu qo‘shiqni yozgan odamni Otganlarin bilmas edilar… 1986 @suhrob_ziyo1
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств