Birinchi pozitsiya - Branch Manageri! 🏔🚀Branch Manageri - manzil faoliyatini to'liq boshqaruvchi, uning samaradorligi va o'sishi dinamikasini tahlil qiluvchi, manzil mavjud muammolariga muntazam va tezkor yechim topa oladigan, manzilda qolgan jamoadoshlariga intizom va mas'uliyat nuqtai nazaridan namuna bo'la oladigan, manzilning istiqboli - kattalashuvi yoki qo'shimcha branchlarda kengayishi jarayonlarida bevosita ishtirok etuvchi, EVEREST ruhiyati va missiyasini yaxshi tushunuvchi, jamoani jipsligini ta'minlay oladigan, mijozlar dardi va xohishlarini tushuna oladigan, o'zi faoliyat yuritayotgan bozorni yaxshi his qila oladigan, atrofidagilarni natija qilishga va o'z ustida ishlashga ruhlantirib tura oladigan, ham shaxsiy ham professional sifatlari jamoani boshqarish uchun mos bo'lgan, yosh lekin kuch g'ayrati to'lib toshgan, kelajakda jamiyatni ko'tarishga qodir mutaxassis bo'lib yetishadigan, jamiyat darajasidagi o'zgarishlar qilishga jajdasi bor, tajribadan tez o'rganadigan va katta ishlarni ishonib topshirsa bo'ladigan kadr!
Yuqorida tasvirlangan sifatlarga mos bo'lish qiyin va nereal narsa deb o'ylayotgan bo'lishingiz tabiiy, do'stlar! Yuqoridagi sifatlar ro'yhati bundan ancha uzun aslida, kamina manzil manageri tayinlayotganimda ancha kengroq ko'lamda tahlil qilaman! To'g'risini aytish kerak, hattoki kamina ham shu tajribamda ularga mos emasman ammo yetuklik sari yo'ldaman! Sababi, yuqoridagi kabi kadrlar prosto tashqaridan yollab kelinmaydi, ular to'g'ri tashkil qilingan jamoaviy muhitda o'sib shakllanadilar!
Aytish joizki, Toshkentdagi manzillarimizda ham yuqoridagi tavsifga mos yetuk mutaxassis bo'lishiga oz qolgan yoki bir muddat vaqt kerak bo'lgan Branch Managerlari faoliyat yuritadi! Ular to'liq yetuklikka hali yetib olishmagan bo'lsalarda, ularda bunga tezda erishishlari uchun barcha xususiyatlar mavjud, manager yigit-qizlarimizni loyi to'g'ri joydan olingan, xullas! Aslini olganda, ularni ichida butun boshli EVEREST tizginini qo'liga bersa faoliyatni to'liq samaradorlikda olib keta oladiganlari bor! Kamina uchun fahr bu darajada kuchli management qura olganimiz!
Viloyatlarimizda ochilajak manzillarimiz managerlarni ham to'liq tayyor holatda ishga qabul qilmaymiz! Biz sher bo'lishga moil kadrlarni topamiz, lapalaridagi tirnoqlari va tishlari keskir arslonchalarni topib ularga jamoaviy ov qilish, taktika va strategiyani o'rgatamiz va EVEREST muhitida tayyorlaymiz, xullas!
Ularni manager bo'lishga to'liq eligible ekanliklariga iqror bo'lganimizda, boshqaruv sir sinoatlari, problem-solution skills, xarakteriga mos effective managerial styles va boshqa ko'p kartalarni ochib beramiz! Ishoning, manzilni yo'q joyidan bo'ldirvoradigan kadrlar bo'ladi ular, Xudo xohlasa!
Endi viloyatlardagi branch managerlari kimlar va ular qanday yollanadilar degan savol! To'g'risini aytaman, ustunlikni hozirda jamoada band va viloyatlardagi manzillarimizga borish istagida bo'lgan jamoadoshlarimizga bermoqchiman! Ehtimol, hali jamoada ishlamayotgan viloyatdagi birorta kadr suhbatlar jarayonida yalt etib chiqib qolishi mumkin lekin manzilni yuragi bo'ladigan manager hozirda ishlab turgan birorta jamoadoshimiz bo'lishini xohlar edim, azizlar! O'ylaymanki, bizda bunaqa kadrlar talaygina topiladi!
❗️Shuncha balandparvoz gap ayttiyiz, o'zi qancha oylik bermoqchisiz branch managerlariga deb o'ylayotgan bo'lishingiz mumkin! Bu savolni javobini bilish uchun oldin unga loyiq bo'lish kerak, do'stlarim! Ishoning, to'g'ri odamni topib olsak bo'ldi, ularga Managerial KPI tizimimiz asosida sizni tasavvuringizdanda nerealniroq oylik beramiz, Xudo xohlasa, kadrni qiymatini EVERESTchalik tushunadigan va qadrlaydigan ta'lim jamoasi yo'q O'zbekistonda, ishonavering!
@everestuzbekistan💬 Telegram | 📹 Instagram