Category One - EVERESTER bo'lmagan ammo IELTS Instruktorlik, umuman olganda kelajakdagi karyerasini ustozlik bilan bog'lashni niyat qilib turgan viloyatlarimizdagi potencial kadrlar!
Eligibility criteria:
1) Ta'kidlangani kabi ular o'quv markazimiz bitiruvchilari bo'lishlari shart emas sababi viloyatlardan Toshkentga kelib EVEREST manzillaridan birida o'qish imkoni bo'lmaganligi ularni aybi emas, biz buni to'g'ri tushunamiz!
2) Ustoz ko'rgan va o'quv markazlarida tahsil olgan kandidat! Viloyatlarimizdagi birorta IELTS instruktori ko'magida yoki o'quv markazlarida Ingliz tili va IELTS imtihonlariga tayyorgarlik ko'rgan bo'lishlari kerak, xullas;
3) EVERESTda IELTS instruktori sifatida faoliyat yuritish va umuman olganda teaching related pozitsiyalarga ishga joylashish uchun kamida IELTS overall 7.0 natijasi talab etiladi, Toshketndagi manzillarimizda keyingi o'quv yili Sentyabridan boshlab bu talab overall 7.5gacha ko'tariladi, aslida! Ammo, viloyatlarimizdagi manzillarda ishlash uchun apply qilayotgan kandidatlardan dastlab kamida IELTS overall 6.0 natijasini talab qilamiz! Sababi, ular birdaniga ustoz bo'lib qolmaydilar, kamida uch oylik EVERESTdagi tayyorgarlik periodidan o'tadilar! Tayyorgarlik so'nggida 7.0+ natija qayd eta olsalargina o'z viloyatlariga ustoz sifatida qaytadilar, aks holda esa non-teaching va administrative pozitsiyalarga yo'naltiriladilar;
4) Kandidatlar talaba yoki universitet bitiruvchisi bo'lishlari shart! Biz maktab o'quvchilarini va umuman olganda abituriyentlarni ishga qabul qilmaymiz!
5) Kandidatlar o'qiyotgan universitet yoki yo'nalish Ingliz tiliga ixtisoslashgan bo'lishi ustunlik beradi! Garchi biz barcha sohalarda tahsil oluvchi kandidatlarga imkoniyat bersakda, viloyatlarimiz universitetlari Ingliz tili fakultetlarida yoki pedagogika sohasida o'quvchi yoshlarimiz nisbatan osonroq ishga joylashadilar!
6) Bu kategoriya kandidatlar uchun o'quv markazlaridagi yoki yakka tartibdagi ustoz sifatidagi ilgarigi ish tajribasi ustulik beradi! Bizga tayyor kadrlar kerak emas aslida, biz kadrlarni o'zimiz tayyorlab olamiz! Prosto, kadrni ilgari dars o'tgani bu sohaga va kasbga iqror ekanligini va bu sohada uzoqqa bormoqchi ekanligini anglatadi!
7) Rus tilini bilish shart emas! Bizga o'z ona-tilimiz - O'zbek tilida ravon gapiradigan va unga har qanday holatdayam sodiq qoladigan yoshlar qaytanga ko'proq kerak! Lekin, o'quv markazimizga ta'lim tili Rus tili bo'lgan va aynan shu tilda dars o'tilishini talab qilib keladigan mijozlar oqimi ham mavjud! Aynan o'sha kategoriya o'quvchilar bilan ham ishlay olish qobiliyati bo'lsa, bu ustozga manyovr qilish imkonini beradi!
(continued below)
@everestuzbekistan
๐ฌ Telegram | ๐น Instagram