(previous post continued)
Recruitment Procedure:
Yuqorida ta'kidlangan kriteriylarga mos kandidatlar EVEREST viloyatlardagi yangi manzillariga ishga joylashish niyyatida bizga murojaat qilganlarida ularga maxsus anketa jo'natamiz! Anketa savollariga javob yo'llaganlaridan so'ng ular bilan suhbatlar tashkil qilinadi va jamoaga ishga qabul qilinadilar!
Ishga qabul qilingan kandidatlar bo'lg'usidagi EVEREST yangi manzilidagi faoliyatlariga asosan ikki hil ko'rinishda tayyorlanadilar!
Viloyatlarimizdan Toshkent shahriga kelib turish imkoniyatiga ega kandidatlar poytaxtdagi EVEREST manzillaridan birida, tajribali ustozlarimiz ko'magida bepul tahsil oladilar! Bu bilan parallel tarzda ular ish bilan band qilinadilar va ma'lum miqdorda oylik oladilar! (Ha, to'g'ri o'qidingiz, viloyatlardan Toshkentga chaqirgan kadrlarimizga oylik tayinlaymiz!) Toshkent shaxrida bo'lgan paytlarimda kamina ularni yig'ib shaxsan o'zim qo'shimcha traininglar va darslar tashkil qilaman! Garchi Toshkentda kvartira topish kabi masalalarda ularga ko'maklashsakda, bu kategoriya kadrlar Toshkent shaxridagi barcha harajatlarini o'zlari qoplashlari kerak bo'ladi! Biz ularga bepul o'qishlarini va tayinlangan pozitsiyalariga mos ma'lum miqdordagi oylik olishlarini kafolatlaymiz, xullas!
Ishga qabul qilingan ammo viloyatlarimizdan Toshkent shaxriga kelib turish imkoniga ega bo'lmagan, masalan, talaba bo'lgan kandidatlarni masofadan turib EVEREST tajribali ustozlari mentorligida bo'lg'usidagi faoliyatlariga tayyorlaymiz! Bu on-line teacher traininglar va muntazam berib boriladigan zadaniyelar ko'rinishida bo'ladi! Bu kabi kadrlarimiz uchun jonli traininglarni kamina manzil ochilayotgan viloyatlarimizga shaxsan borib birorta mehmonxonada turib tashkil qilaman, baribir ma'lum muddat o'sha yerda bo'laman chunki! Bu kadrlarimiz qisqa muddatga bo'sayam Toshkentga kelishlari va EVEREST jamoasi faoliyatini jonli tarzda kuzatishlari kerak bo'ladi, buni o'zimiz alohida tashkil qilamiz, Xudo xohlasa!
Viloyatdagi manzillarimiz ochilishi arafasida barcha ishga olingan va tayyorgarlikdan o'tayotgan kadrlar IELTS imtihonini topshiradilar! Undan keyin esa, IELTS overall 7.0+ natija qayd etgan kadrlar teaching related pozitsiyalariga, overall 7.0dan past natija qayd etganlar esa non-teaching, administrative pozitsiyalarga yo'naltiriladilar va o'z viloyatlaridagi yangi EVEREST manzillarida ishlashni boshlaydilar!
❗️E'tibor bering, hech kim ishsiz qolib ketmaydi, Xudo xohlasa! Anketa va suhbat bosqichlaridan o'tib olsalar kifoya, xullas!
@everestuzbekistan
💬 Telegram | 📹 Instagram