Смотреть в Telegram
Mastercardga ishga kirish jarayoni qanday bo'lgan. 1-qism 7/20 Uzoqroq tanaffusdan keyin blog uchun foydali narsa yozishga qaror qildim va ko'pchilik kutgan Mastercardga ishga kirish jarayonim haqida yozmoqchiman. 1. Dublinga uchayotgan samalyot Biroz ertak kabi eshitilishi mumkinku, lekin hammasi birinchi marta Irlandiyaga kelayotganimda Dublin samalyotiga o'tirganimdan boshlangan. Samalyotdagi sherigim O'zbekistonlik, asli Buxorolik aka ekan. Irlandiyaga 3-4 yil oldin universitetdan grant yutib kelib, o'sha universitet o'zida ishlab qolgan, hozirda oilasi bilan shu yerda ekan. Gaplashib kelganmiz va suhbat davomida menga "Yanvarlardan boshlab ish qidiravering. Ancha vaqt oladi" deb maslahat bergan. Mana shu maslahat menga katta yordam bergan. 2. Google ofisiga sayohat Noyabr oylarida Linkedinda Latofat Bobojonova bilan gaplashib qolganmiz. U bilan o'zi TATUda bitta paytda o'qiganmiz. Faqat u bitiriboq DAAD yutib Germaniyaga o'qishga ketgan. Men esa 2 yil "pauza" olganman. Latofat o'sha paytlarda Googledagi 2-amaliyoti sabab Dublinga kelayotgan ekan. O'sha payt ko'rishib Google ofisini to'liq aylantirib chiqqan. Ish jarayoni haqida gapirib bergan. O'sha paytlarda karyeramni Product Management va Software Engineering birida davom ettirish haqida o'ylab yurgandim. Dasturchi sifatida o'zimga yuqori baho bermaganim sabab katta kompaniyalarda ishlab ketishimga ko'zim yetmagan. Suhbat davomida esa qaysidir ma'noda ishonchim tiklangan va fikrimni o'zgartirganman. "Boshlanishiga baribir o'zim bilgan, tajribam bor sohada ish boshlaganim yaxshi. Buning ustiga dasturchilar uchun ish ko'proq. Undan keyin kompaniya ichida turib o'zgartirish ham mumkin" degan qarorga kelganman. O'sha paytlar boshqa bir sabab bilan Mastercard va Microsoft ofislarini ham ko'rib kelganman (tashqaridan). 3. Graduate Program, ilk harakatlar va Apple Shundan keyin biroz izlanish ortidan Irlandiyada bitiruvchilar uchun alohida dasturlar borligidan xabar topganman. Bu kabi Graduate Programlar 18-24 oy davomida ham ishlab, ham o'rganish uchun imkon berishini bilganman. Keyin qiziqishga Accenture va Applening Graduate Software Engineer pozitsiyalariga hujjat yuborganman. Accenturedan ko'pchilik ertasi kuniyoq rejection olishganini aytishgandi. Men esa 3-4 kun chidab bera olganman ) MAANG (sobiq FAANG) kompaniyalariga rezyume jo'natishni uni qora tuynukka tashlab yuborishga o'xshatishadi. Rezyumelar kirib keladi, lekin hech narsa qaytib chiqmaydi. Shuni ham hisobga olib "Accenture bunaqa bo'lsa Appledan umid qilmasam ham bo'ladi" deb o'ylab yurgan paytim birdan dekabr boshlarida intervyuga taklif kelgan. Apple intervyusi haqida alohida yozishim kerak. Asosiysi birinchi texnik intervyudan muvaffaqiyatli o'tganman. Ikkinchi bosqich ham yomon bo'lmagan, lekin bir-ikki kun o'tib "Boshqa odamni oldik" deb telefon qilishgan. Faqat bitta joy bo'lgan ekan. Bir tomondan biroz xafa bo'lgan bo'lsam ham, boshqa tomondan miyada "Iye, harakat qilsa bo'lar ekanku" degan chiroq yongan 💡 4. Hujjat topshirish, hujjat topshirish, hujjat topshirish Dekabr-yanvar o'qishning birinchi semestrini eson-omon tugatib olib astoydil harakatni boshlaganman. Yanvar-fevral oylarida jami 26 ta joyga hujjat topshirib chiqqan ekanman. Bu yerda ro'yxati ham bor. Lekin deyarli hech qaysisidan ijobiy natija kelavermagan. Faqat Experian birinchi bosqichga topshiriq bergan. Topshirig'i esa to'g'risi juda qiyin edi. Natija ham shunga yarasha bo'lgan ) Vaqt o'tib borgan sari o'zimda ham bosim o'rtib bordi: buyoqda o'qish, buyoqda O'zbekistondagi ishim, buyoqda loyihalar ustiga ish qidirib, texnik intervyularga tayyorgarlik. O'sha payt rosa mana shu bitta o'y kamayishini xohlaganman. Apple o'tib ketib qolgani alam qilishni boshlagandi. Shunda bir kuni bir ajoyibroq email keldi... Davomi keyingi qismda 🙂 #engineeringlife #mastercard Professional blog | Linkedin | Shaxsiy blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств